Oktaedr (yun. okto — sakkiz va hedra — yoq) — 1) matematikada — sakkizta uchburchak bilan chegaralangan jism, sakkizyoqlik. O.ning 6 ta uchi, 12 ta qirrasi va 8 ta yogʻi boʻladi. O. yoqlari muntazam uchburchaklardan iborat boʻlib, har bir uchidan 4 tadan qirra chiqadi. Agar O. qirrasi a ga teng boʻlsa, hajmi V = formula bilan hisoblanadi (qarang Koʻpyoklik); 2) kristallografiyada — elektroliz va kimyoviy reaksiyalar natijasida eritma, gaz va qattiq jismlardan hosil boʻladigan kristallar shakllaridan biri (bunda O.dan tashqari diedr, romboedr, tetraedr va boshqalar) shakllar ham hosil boʻladi (qarang Kristallanish)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi