Oniks ( — tirnoq) — tasmasimon aqiq mineral, aqiqtj oq va qora qatlamlari almashinib joylashgan yoʻlyoʻl turi. Koʻpincha qora tusli xalsedonni O. deb ataydilar. Oniks bezak tosh sifatida meʼmoriy inshootlar qurilishida, shuningdek, zargarlikda ishlatiladi. O.dan boʻrtma tas-virli buyum (kameya)lar tayyorlashda foydalaniladi, bunda qora qatlamlar fon uchun, oq qatlamlar esa tasvir uchun foydalaniladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Minerallar Turkum:Bezak toshlari