Sobirjon Oxunjonov (10-oktyabr 1919, Toshkent — 13-aprel 2012, Toshkent) — general-leytenant (1973). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (1989). 1938-yildan armiya safida. Harbiy piyodalar bilim yurtini (1940), harbiy akademiyani (1955), Fargʻona pedagogika institutini (1966) tugatgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Stalingrad, Jan.-Gʻarbiy, 1-Ukraina frontlarida xizmat qilgan. 1946—64 yillarda Turkiston harbiy okrugida turli lavozimlarda ishlagan. Fargʻona viloyati harbiy komissari (1964—67), Oʻzbekiston harbiy komissarining oʻrinbosari (1967—71). Oʻzbekiston grajdan mudofaasi boshligʻi oʻrinbosari, shtab boshligʻi (1971—86). Toshkent shahri urush va mehnat faxriylari kengashi raisi (1987—91). Oʻzbekiston Respublikasi urush va mehnat faxriylari kengashi raisi oʻrinbosari (1991—97).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Kitoblari + S. S. Ohunjonov tomonidan chop etilgan kitoblar 1. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash — umumxalq ishi (Toshkent, 1978). 2 Oʻzbek SSRining fuqaro muhofazasiga — 50 yil (Toshkent, 1982). 3 Fuqaro muhofazasi tizimida sanitariya yordami boʻlimi (Toshkent, 1982). 4 Oʻzbekistonning hozirgi bosqichida fuqaro muhofazasi (Toshkent, 1983). 5 Sovet xalqining 1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabasining jahon-tarixiy ahamiyati. (Toshkent, 1985).

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari