Portualegri () — Braziyaiyanish jyan. qismidagi shahar. Riugrandidu-Sul shtatining maʼmuriy markazi. Porto Alegri — janubiy Braziliyadagi eng muhim shaharlardan biridir, u mintaqaning madaniy, siyosiy va iqtisoiy markazi hisoblanadi. Porto Alegri Braziliya shtatlarining markazlari ichida aholisi eng uzoq umr koʻruvchi hisoblanadi. 2007-yilgi statistika boʻyicha aholisi 1 420 667 kishini tashkil qilgan. Aholisining oʻrtacha zichligi — 2859,5 kishi/km². Maydoni 496,827 km2.

Ahrlisi 1,3 mln. kishi (2000). Atlantika oke-anining Patus koʻl-qoʻltigʻi sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat janubidagi yirik iqtisodiy markaz. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Issiklik elektr styasi qurilgan. P.-A. orqali chetga goʻsht va boshqa chorvachilik mahsulotlari, tamaki, guruch chiqariladi. Un-tlar, muzey, teatr, hukumat saroyi bor. Shaharga 1742-yilda Portu-dus-Kasais nomi bilan asos solingan.

Transport Shahar markazidan 10 km masofada Salgadu Filyu xalqaro aeroporti joylashgan. Shuningdek shaharda metropoliten ham mavjud.

Hamdoʻst shaharlar Porto Alegri quyidagi shaharlar bilan hamdoʻstlik aloqalari yaxshi rivojlangan:

, Ostin, 2002-yildan , Buenos Aires, 2005-yildan , Durango, 2001-yildan , Gvadalahara, 2000-yildan , Horta, 1993-yildan , Kanazaua, 1967-yildan , Kuching, 2008-yildan , La-Plata, 1982-yildan , Morano Calabro 1982-yildan, Natal 1992-yil , Newark, 2006-yildan , Portalegri, 2000-yildan , Punta-del-Este, 1984-yildan , Ribeyra-Grandi, 1982-yildan , Rosario, 1994-yildan , Salihli, 2010-yildan , Suchjou, 2004-yildan

Galeriya

Manbalar

Turkum:Braziliya shaharlari