Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaraydi. Toshkent shahrida joylashgan. 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan. Tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar fakultetlari, 25 kafedra, til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari bilan), kompyuter; testlar; „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazlari; boshqaruv instituti; tahrir va nashriyot boʻlimi; „Biznes olami“ va „Ziyokor“ oʻquv markazlari, „Internet“ klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalari, siyosiy va ijtimoiy muammolar, diplomatiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet ilmiy kutubxonaga ega (300 ming asar). Universitetda oʻquv ishlariga xorijiy mamlakatlardan professorlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Universitetda BMT, UNESCO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, „Xalqaro munosabatlar“ jurnali nashr etiladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Rektorlar 1992-1998 — Saidmuxtor SaidqosimovRahbariyat haqida 1998-2003 — Abdulaziz Komilov 2003-2005 — Sodiq Safoyev 2005-2009 — Hamidulla Karomatov 2009-2011 — Rustam Qosimov 2011-2014 — Nodir Jumayev 2014-2017 — Abdumalik Jumanov 2017-2020 — Abdujabbor Abduvohidov 2020-2021 — Komiljon Karimov 2021-yildan — Sodiq Safoyev Bakalavriat yoʻnalishlari # ShifrTalab qilinadigan fanlar Taʼlim yoʻnalishi nomi160411100Matematika (3.1) / Chet tili (2.1)Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar260310100Tarix (3.1) / Chet tili (2.1)Siyosatshunoslik 360420100Huquqshunoslik fanlari (3.1) / Chet tili (2.1)Yurisprudensiya 460310200Tarix (3.1) / Chet tili (2.1)Xalqaro munosabatlar

Magistratura yoʻnalishlari # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi15A121102Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati25A210301Amaliy siyosatshunoslik35A231102Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)45A233501Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)55A240105Xalqaro huquq (sohalar boʻyicha)65A240111Xalqaro biznes huquqi75A611501Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)http://magistr.edu.uz/stat/quota

Mashhur bitiruvchilar Saida Mirziyoyeva — Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi raisi oʻrinbosari. Feruza Eshmatova — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori. Feruza Maxmudova — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Ruslanbek Davletov — Oʻzbekiston adliya vaziri. Sherzod Asadov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi. Oybek Kasimov — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi. Gulnora Karimova — Oʻzbekistonning Ispaniyadagi sobiq elchisi. Lola Karimova-Tillayeva — Oʻzbekistonning UNESCOdagi sobiq vakili. Hilola Umarova — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri. Javlon Vahobov — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻribosari. Shaxzoda Matchanova Baxtiyor Abdusamatov Eldor Toʻlyakov G‘ayrat Fozilov Manbalar

Havolalar Universitet rasmiy sayti Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:1992-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar