Andrey Dmitriyevich Saxarov (21-may 1921-yil 14-dekabr Moskva 1989-yil) – rus nazariyotchi fizigi, jamoat arbobi, SSSRda vodorod bombasini yaratganlardan biri (1953), akademik (1953), 3 marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1953, 1956, 1962). Moskva universitetini tugatgan (1942). SSSR Fanlar akademiyasining P. N. Lebedev nomidagi Fizika institutida ishlagan (1945-yildan). Ilmiy ishlari magnit gidrodinamikasi, plazma fizikasi, boshqariladigan termoyadro sintezi, elementar zarralar, astrofizika, gravitatsiyaga oid. Boshqariladigan termoyadro reaksiyasini yuzaga keltirish uchun magnit maydonida qizigan plazmani qoʻllash gʻoyasini taklif etgan (I.Y. Tamm bilan hamkorlikda). 50-yillarning oxirida yadro qurollarini sinashni toʻxtatish kerakligi toʻgʻrisida faol ishtirok etgan. 60-yillarning oxiri – 70-yillarning boshida huquqni himoya qilish harakatining yetakchilaridan biri. Saxarov „Taraqqiyot, tinch-totuv yashash va intellektual erkinlik toʻgʻrisida mulohazalar“ (1968) asarida bir-biriga qaramaqarshi turgan sotsialistik va kapitalistik sistemada yadro urushi, ochlik, ekologik va demografik halokat, jamiyat maʼnaviyatining inqirozi, irqchilik, millatchilik, diktatorlik rejimi kabi insoniyatga solayotgan tahdidlar ustida fikr yuritdi. Jamiyatni demokratlashtirish va qurolsizlantirish, ikki sistemani yaqinlashtirishga olib boradigan intellektual erkinlik, sotsial va ilmiy texnika taraqqiyotini barqaror etish masalalari koʻtarildi. Mana shu asar Gʻarbda eʼlon qilinganidan soʻng Saxarov hamma maxfiy ishlardan chetlashtirildi. Afgʻonistonga sovet qoʻshini kiritilishiga ochiqdan-ochiq norozilik izhor qilgani uchun 1980-yil yanvarda barcha mukofotlaridan mahrum etildi va Gorkiy shahriga surgun qilindi. U yerda ham Saxarov huquqni himoya qilish faoliyatini davom ettirdi. Surgundan 1986-yilda qaytgan. Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1975)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Sovet yozuvchilari

Turkum:Moskva davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:SSSR fiziklari Turkum:Fizika-matematika fanlari doktorlari Turkum:Sovet dissidentlari Turkum:Uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari Turkum:AQSh Milliy fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolari Turkum:Fransiya fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolari Turkum:Bolonya universiteti faxriy doktori Turkum:Oksford universiteti faxriy doktori Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar