Semarang — Indoneziyadagi shahar. Markaziy Yava provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,4 mln. kishi (1990yillar oʻrtalari). Yava o.ning shim. sohilidagi tashqi savdo va baliq ovlash porti. Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yogʻochsozlik, taxta tilish, toʻqimachilik, kema taʼmirlash korxonalari bor. Milliy musiqa asboblari ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr stansiyasi, universitet bor. Chetga kofe, choy, shakarqand, kauchuk, kopra, tamaki chiqariladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Indoneziya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar