Sindlar — Taman yarim orol va Qora dengizning shim.sharqiy sohilida yashagan meot qabilasi (mil. av. 1-ming yillik). Mil. av. 5—IV asrlarda Sindika davlatini tuzishgan. Mil. av. IV asrdan Bospor podsholigi tarkibida. Milodning boshida sarmatlar bilan aralashib ketishgan. S. dexdonchilik, baliq ovlash va hunarmandchilik bilan shugʻullangan.
Turkum:Millatlar Turkum:Tarix