Tamaulipas — Meksikaning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 79,8 ming km². Aholisi 2,75 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — SyudadViktoriya sh. Yirik shaharlari: Matamoros, Reynosa, Tampiko va boshqa T. sharqiy qismining relyefi lagunali dengizboʻyi pasttekisligi, gʻarbi bal. 1300–1800 m li togʻlardan iborat. Eng baland joyi 4054 m. Iklimi qurgʻoqchil subtropik iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 15—30°. Yillik yogʻin shimolida 800 mm dan, jan. da 800–1000 mm gacha. Katta maydonlar chala choʻl yaylovlaridan iborat. T. — mamlakatning yirik neftgaz sanoati rni. Tampiko sh. yaqinida yirik neft konlari bor. Qishloq xoʻjaligida paxta, shakarqamish ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Paxta tozalash korxonalari bor.