23-noyabr — Grigoriy taqvimida yilning 327- (kabisa yilida 328-) kuni. Yil yakuniga 38 kun qoladi.

Bayramlar Yana qarang: :Turkum:23-noyabr bayramlari Butunjahon Jazoni tugatish kuni. Yaponiyada Mehnatkashlarga minnatdorlik kuni. AQSHda Rad etish kuni. Sloveniyada Rudolf Maister kuni Gruziyada Avliyo Jorj kuni. Qozogʻistonda Yo’l harakati xavfsizligi xodimlari kuni. Litva Qurolli kuchlari kuni

Voqealar right|200px|Румянцевский дворец Yana qarang: :Turkum:23-noyabr voqealari 1174 — Salohiddin Ayyubiy boshchiligidagi musulmonlar qo’shini Damashq shahrini egalladi. 1248 — Kastiliya qiroli Ferdinand III qo’shinlari musulmonlar qo’l ostidagi Sevilya shahrini bosib oldi. 1510 — Usmonli Turklar imperiyasi Imereti qirolligi poytaxti Kutaisi shahrini egalladi. 1793 — Parij Kommunasi cherkovlar faoliyatini taqiqladi. 1831 — Sankt-Peterburgda Rumyansev muzeyi (suratda) ochildi. 1852 — Angliyada tarixda ilk bor pochta qutilari paydo bo’ldi. 1904 — AQSHning Sent Luis shahrida III Olimpiya o’yinlari yakunlandi. 1910 — Shvetsiya tarixidagi so’nggi o’lim jazosi amalga oshirildi. 1918 — Edvin Habbel Andromeda galaktikasini kashf etdi. 1924 — SSSRda ilk doimiy radioeshittirishlar yo’lga qo’yildi. 1940 — Ikkinchi jahon urushi: Ruminiya fashistik blokka qo’shildi. 1943 — Qohira konferensiyasi boshlandi. 1946 — Birinchi Hindi-xitoy urushi boshlandi: Fransiya havo kuchlari Vyetnamning Hay Pong shahrini bombardimon qilishi oqibatida minglab fuqarolar halok bo’ldi. 1955 — Kokos orollari Buyuk Britaniyadan Avstraliya nazoratiga o’tdi. 1957 — Milanda Boris Pasternakning «Doktor Jivago» romani chop etildi. 1980 — Italiya janubidagi Irpiniya shahrida sodir bo’lgan 6,9 magnitudali zilzilada 4,800 kishi qurbon bo’ldi. 1985 — Afinadan Qohiraga uchayotgan yo’lovchi samolyoti qurolli shaxslar tomonidan garovga olinishi oqibatida, 60 kishi halok bo’ldi. 1992 — Las Vegasda IBM Simon nomli ilk smartfon namoyish etildi. 1993 — Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi. 1996 — Efiopiyaga qarashli samolyot garovga olinishi oqibatida 125 nafar yo’lovchi Hind okeaniga g’arq bo’ldi. 2003 — Atirgul inqilobi: Gruziya prezidenti Eduard Shevarnadze iste’foga chiqdi. 2005 — Liberiya prezidentligiga saylangan Ellen Jonson Sirleaf Afrika davlatlari orasidagi ilk ayol rahbariga aylandi. 2006 — Iroqning Sadr shahridagi portlashda 215 kishi halok bo’ldi va 257 kishi jarohatlandi. 2007 — Argentinaning Janubiy Shetland orollari yaqinida MS Explorer sayohat kemasi aysbergga urilib, 154 nafar yo’lovchi bilan birga dengizga g’arq bo’ldi. 2011 — Arab bahori: Yaman prezidenti Ali Abdulloh Solih iste’foga chiqdi.

Tavalludlar Yana qarang: :Turkum:23-noyabrda tugʻilganlar 870 — Vizantiya imperatori Aleksandr. 1705 — ingliz tarixchisi Tomas Birx. 1925 — Salvador prezidenti Xose Napoleon Duarte. 1962 — Venesuela prezidenti Nikolas Maduro. 1967 — Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev. 1975 — Turkiya terma jamoasi va Ispaniyaning Villyareal jamoasi a’zosi Nihat Qahvachi. 1976 — turkiyalik futbol hakami Junayd Chaqir.

Vafot etganlar Yana qarang: :Turkum:23-noyabrda vafot etganlar 1842 — Xiva xoni Olloqulixon. 1890 — Gollandiya qiroli Uilyam III. 1970 — Singapurning birinchi prezidenti Yusuf bin Is’hoq. 1924 — Efiopiya prezidenti Amon Andom.

Havolalar

days.peoples.ru http://sof.uz/news/show/23-noyabr-sanasining-eng-muhim-voqealari

Turkum:Sana *