Cheprakov Konstantin Pavlovich (1907-yil, 13-sentyabr, Ukraina, Berdyansk shahri — 1972-yil, 31-may, Toshkent) — moyboʻyoqchi rassom, grafik. Oʻzbekston xalq rassomi (1967). Rassomlikni mustaqil oʻrgangan. 1933-yildan Toshkentda yashagan. Maishiy kartinalari („Dam olish kunida“, „Pensionerlar“, „Mehmondorchilikda“ va boshqalar)da Oʻzbekiston manzaralari zaminida baxtiyor hayotni ifodalaydi. Moyboʻyoq va akvarelda ham manzaralar tasviri („Chirchiq yoʻlida tong“ va boshqalar)ni yaratdi.
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomlari