Yuyeban — mil. av. II asrda Tarbagʻatoyda oʻtroqlashgan hunlar; keyinchalik Yettisuv tomon siljiganlar. V asrda uygʻurlar tomonidan tobe etilib 4 ta qabilaga (chuyus, chumi, chumugun, chuban) boʻlinib ketgan. VI—X asrlardagi Xitoy tarixchilarining yozishicha, Yu.lar usunlardan shim.gʻarbda yashashgan. Ularning turkiy boʻlgani taxmin etiladi, chunki xitoylar Yu.larni hunlarning avlodi ekanliklari, ularning urf-odatlari va tillari gaogyuylar (uygʻurlar) bilan bir xil ekanligini aytishgan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Yuyeban · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.