Qirgʻiz milliy universiteti — Qirgʻizistondagi yirik oliy oʻquv yurti. Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydi. 1992-yil Qirgʻiziston davlat universiteti (1951) negizida tashkil etilgan. Bishkek shahrida joylashgan. Matematika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya, tarix, filologiya, iqtisodiyot, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Botanika bogʻi, zoologiya muzeyi, kutubxonasi (1 mln.ga yaqin asar) bor. "Ilmiy asarlar toʻplami"ni nashr etadi (1968-yildan). 13 ming talaba taʼlim oladi.
Manbalar
Turkum:Qirgʻizistondagi universitetlar