Nuriddin Hamroqulov (1946-yil 18-iyun, Andijon — 2023-yil 1-avgust) — xonanda, O‘zbekiston SSR xalq artisti (1987). Jarangdor, lirik ovoz sohibi.

Faoliyati Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida taʼlim olgan (1971—1973). Ijodiy faoliyatini Andijon teatridan boshlab (1967 — 1973), Haydar („Nurxon“), Ravshan („Ravshan va Zulxumor“) kabi obrazlarni yaratgan. Anʼanaviy va zamonaviy xonandalik yoʻllarini Oʻ.Nuraliyev, Tursunboy Qodirovlardan oʻrgangan. Andijon viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1983—1993). Keyinchalik, asosan, konsert ijrochiligi bilan shu-gʻullangan. Repertuaridagi mumtoz („Samarqand Ushshogʻi“, „Toshkent Irogʻi“), zamonaviy bastakorlar ashulalari („Talqinroz“, „Oq qush“, R.Yusupov va boshqalar) hamda oʻzi bastalagan („Olamni saqlang“, „Raʼno“, „Soy koʻrdim“, „Shirinliging“, „Kuldi bahorim“ kabi) qoʻshiqlari taʼsirchan va yoqimli. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasi, gramplastinka (1968, 1971, 1972) va kompakt disklarga yozilganhttps://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxatOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Vafoti

O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 2023-yilning 1-avgust sanasida vafot etdi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik bastakorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar