Iqbol Mirzo (Iqbal Mirzo) 1967-yil 1-mayda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumaniga qarashli Qoʻshtegirmon qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan.
Oʻzbekiston xalq shoiri (2005), Filologiya fanlari boʻyicha Falsafa doktori (PhD, 2020), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari (2006-2018), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2009-2019); Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati (2020)
Tarjimai holi Iqbol MIRZO – asl ismi Mirzaaliyev Iqboljon Mirzakarimovich. 1967-yil 1-mayda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumaniga qarashli Qoʻshtegirmon qishlogʻida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Otasi Mirzaaliyev Mirzakarim Mirzaaliyevich, onasi Mirzaaliyeva Moʻtabarxon Malikovna oʻqituvchi boʻlgan. Oilada 6 nafar farzand boʻlib, sheʼriyatga togʻasi shoir Gʻulom Abdulla taʼsirida kirib kelgan. Iqbol Mirzo Fargʻona pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgach, 1992-yilda Toshkentga keladi.
Taʼlim 1974-1984-yillarda Bagʻdod tumanidagi 19-oʻrta maktabda taʼlim olgan. 1991-yilda Fargʻona pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan.
Mehnat faoliyati 1985-1987-yillarda Tomskda harbiy xizmatni oʻtagan. 1992-yilda „Oʻzbekiston tabiati“ gazetasida jurnalist sifatida ish boshlaydi, keyinchalik „Vatan“ gazetasida boʻlim boshligʻi, masʼul kotib vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1996-yildan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida katta muharrir, direktor oʻrinbosari va studiya bosh muharriri vazifalarida ishlagan.
2006-2018-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari.
2009-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.
2020-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati vazifasida ishlab kelmoqda.
Ijodiy ishlari Ijod namunalari 1980-yildan matbuotda chiqa boshlagan. Dastlabki sheʼriy toʻplami – „Yurakning shakli“ 1993-yilda eʼlon qilingan. Keyinchalik „Koʻngil“ (1994), „Seni sogʻinaman“ (1994), „Meni eslaysanmi?“ (2000), „Tanlangan sheʼrlar“ (2002), „Qoʻshiqlarim“ (2004), „Sizni kuylayman“ (2006), „Agar jannat koʻkda boʻlsa…“ (2008),
„Aytgil, doʻstim…“ (2010), „Koʻrmasam boʻlmas“ (2012), „Vatan haqida qoʻshiq“ (2013) sheʼriy toʻplamlari, „Zarb“ qissasi (2015), „Bonu“ romani (2016) va uch tomlik asarlar saylanmasi 2018-yili chop etilgan. Shuningdek, rus, tojik, turkman tillarida ham kitoblari nashrdan chiqqan.
Fransuz dramaturgi Edmon Rostan qalamiga mansub „Sirano de Berjerak“ trago-komediyasini, Grigoriy Gorinning „Til haqida afsona“ pyesasini tarjima qilgan.
„Samarqand sayqali“ (2016), „Alisherbek va Husayn“ (2021), „Usmon Nosir“ (2022) pyesalari sahnalashtirilgan.
Internetdagi mashhurlik Iqbol Mirzo 2018-yilda Xalq soʻzi gazetasiga bergan intervyusida avvalgi davrlardagi hayotini „qora tush koʻrayotgandek edik“ jumlalari internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar keltirib chiqargan edi .
Mukofotlari Iqbol Mirzo 1999-yilda „Shuhrat“ medali bilan, 2005-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri bilan, 2014-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan va 2025-yil 26-iyunda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.
Turmush oʻrtogʻi va farzandlari
Turmush oʻrtogʻi – Nargiza Mirzaaliyeva.
Farzandlari: Anvarjon Mirzaaliyev, Ulugʻbek Mirzaaliyev, Kumushoy Mirzaaliyeva va Boburmirzo Mirzaaliyev. Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar