Anjelika Akbar – kelib chiqishi oʻzbek boʻlgan turk bastakori“Benim için nefes almak gibi bir şey müzik.” Anjelika Akbar. Hayoti va ijodi Anjelika Akbar 1969-yili Qaragʻandi shahrida tugʻilgan. 2,5 yoshidan boshlab fortepianoda musiqa chalishni oʻrgana boshlagan“Benim için nefes almak gibi bir şey müzik.” Anjelika Akbar. 4 yoshida otasi qizini musiqaga boʻlgan qobiliyatini sezib Moskva Davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqa maktabiga berdi. Anjelika Toshkent shahrida isteʼdodli bolalar maktabida professor Aleksey Sultonov, Stanislav Lyudenichlar qoʻli ostida taʼlim oldi. Maktabni bitirgach Toshkent Davlat koservatoriyasiga oʻqishga kirdi. U yerda kompozitsiya, orkestrlash va fortepianoda oʻynashni oʻrgandi va shu bilan birgalikda oliy maʼlumotli boʻldi. SSRI kompozitorlar birlashmasi uni „Yosh kompozitor“ deb tanlashdi. 2006-yildan boshlab Ukraina kompozitorlar birlashmasiga aʼzo. Ukrainada xizmat koʻrsatgan atrist unvoniga ega. Anjelika, kompozitsiya va drijerlikni Turkiyaga UNESCO aʼzosi sifatida borganda magistrlikni yoqladi va u yerda doimiy yashab qoldi, fuqarolikni oldi. U yerda dissertatsiya yoqladi va dotsentlik darajasini oldi. Uning birinchi albomi „Suv“ deb nomlanadi, 1999-yilda yozilgan. 2003-yildan boshlab Ali Darmar bilan birga ijod qiladi. U koʻplagan mukofotlar sovrindori.
Anjelika oilali, ikki oʻgʻilning onasi.
Ijod namunalari Suv (Vodi) – 1999 g. Birʼden birʼe – 2002 Vivaldi – fasl —2002
Bach A L’orientale – 2003 Bir Yudum Su – 2005 Raindrops By Anjelika – 2009 İçimdeki Türkiyem – 2010 Likafoni – 2011.
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayt Anjelika Akbar- Bizning Turkiyalik ham yurtimiz Anjelika Akbar – Love Anjelika Akbar: Turkiya, mening ichimda
Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik musiqachilar Turkum:Qaragʻandi kishilari Turkum:Turk klassik pianinochilari Turkum:Turk ayol pianinochilar Turkum:Qozogʻistonlik yahudiylar Turkum:Sovet yahudiylari Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar