Qora (Gʻoziy) Ahmad posho (;? – 1555-yil, Istanbul) – 1553-yildan 1555-yilgacha Usmonlilar imperiyasining 36-Bosh vaziri. U Hukmdor Sulaymon Ining singlisi Fotima Sultonga uylangan.

Hayoti Bunga qadar Rumeliya beklarbegisi lavozimida ishlagan. 1553-yil 6-oktabr kuni Sulaymon I Qonuniy oʻz oʻgʻli Shahzoda Mustafoni qatl qildirgach, yanicharlar orasida noroziliklar kuchayadi. Qoʻzgʻolonchilar Podshohning kuyovi Damat Rustam poshoni marhum shaxzodaga tuhmat qilganlikda ayblab, uni ham qatl qildirishni talab qilishadi. Sulaymon I Qonuniy ahvol yaxshilanishi uchun kuyovini lavozimidan ozod qiladi. Uning oʻrniga Qora Ahmadni tayinlaydi. 1555-yilda Hurram Sulton yordami bilan Damat Rustam posho qaytib keladi va Qora Ahmadni poraxoʻrlikda ayblab, Sulaymon I tomonidan qatl qildirilishiga erishadi. Qora Ahmad sharafiga masjid qurdirilgan..

Qoʻshimcha maʼlumotlar Sulaymon I Qonuniy haqidagi “Muhtasham yuz yil” serialida Qora Ahmad posho rolini aktyor Cansel Elçin ijro etgan.

Manbalar

Turkum:Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlari Turkum:Sulaymon I Turkum:Sulaymon I ning bosh vazirlari