Dmitriy Yevgenyevich Ribolovlev (, 22-noyabr 1966-yil) – rossiyalik yirik tadbirkor, „UralKaliy“ shirkati sobiq rahbariIrina Malkova. Intervyu: Dmitriy Ribolovlev, sovladeles „Uralkaliya“. – Vedomosti, 20.06.2006. – № 110 (1637)Rybolovlev EV[Author] – PubMed – NCBI, 2011-yildan – Monako futbol klubining egasi, sanʼat asarlari kolleksioneri, milliarder.

Ribolovlev 1995-yilda Rossiyaning „Uralkaliy“ oʻgʻit ishlab chiqaruvchi korxonasi raisi boʻldi. 2010-yilda „Uralkaliy“ning asosiy ulushini Kremlga aloqador uchta oligarxga 6,5 milliard dollarga sotdi. 2021-yil holatiga koʻra, Ribolovlevning boyligi 6,7 milliard dollarni tashkil etdi.

2011-yilda Monakoning „AS Monaco“ futbol klubining egasi va prezidenti boʻldi.

Biografiyasi Dmitriy Ribolovlev Perm shahrida rus oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi akademik Vagner nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti kafedrasida ishlagan.

1990-yilda Perm tibbiyot institutini tamomlagandan soʻng biznes olamiga qadam qoʻydi. U biznesga kirishdan oldin shifokor boʻlib ishlagan. Sovet Ittifoqining soʻnggi yillarida shifokorning daromadi oilani bemalol boqish uchun yetarli boʻlmaganligi sababli, oʻzining birinchi biznes loyihasini – otasi bilan birga tashkil etgan mahalliy fabrikalarning ishchilariga xizmat koʻrsatadigan kichik tibbiyot korxonasini boshladi.

Ribolovlev oʻzining birinchi million dollarini mahsulotlarni qayta sotish orqali oldi, zavodlar oʻsha paytda Rossiyada odatiy hol boʻlganidek, naqd pul emas, balki xizmatlar uchun toʻlashardi.

1992-yilda Ribolovlev biznes kursini oʻtash uchun Moskvaga bordi va Rossiya Moliya vazirligidan brokerlik litsenziyasini oldi. Permga qaytib kelgach, brokerlik va investitsiya kompaniyasiga asos soldi. Mahalliy korxonalarning „Uralkaliy“, „Silvinit“, „Azot“, „Metafraks“, „Solikamskbumprom“ aksiyalarini sotib olishni boshladi.

1994-yil boshida Ribolovlev ushbu va boshqa baʼzi korxonalar direktorlarini bank tashkil etishga koʻndirdi.

Keyinchalik u Rossiyaning kaliy sanoati oʻsha paytda neft va gaz sohalaridan farqli ravishda investorlarning qiziqishi yoʻqligi sababli rivojlanmaganligini hisobga olib, ikkita aktivga – Uralkaliy va Silvinitga eʼtibor qaratishga qaror qildi. Bundan tashqari, hech kim sanoat firmalarining nazorat paketlarini qoʻlga kirita olmadi. 1993-1995-yillarda Rybolovlev portfeliga Uralkali, Silvinit, Metafrax va Nefteximik qimmatli qogʻozlari kiritilgan. Ushbu kompaniyalar birgalikda dunyodagi eng yiriklaridan biri boʻlgan Verxnekamskoye kaliy konini oʻzlashtirdilar.

1990-yillarning boshi va oʻrtalarida Rossiyadagi kapital toʻplanishining zoʻravon tabiati hukmron edi. Perm oʻlkasi kabi sanoat rivojlangan mintaqalarida shirkatlar ustidan nazorat oʻrnatish va biznesga „himoya“ toʻlovlari uchun kurashayotgan zoʻravon jinoyatchilar paydo boʻldi. Jinoiy guruhlar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan Ribolovlev 1993-yilda tansoqchi yollashga majbur boʻlgan. 1995-yilda oilasini Shveysariyaga, xavfsiz joyga koʻchirgan. Shuningdek, oʻz korxonalarining barcha direktorlariga qoʻriqchilarni tayinladi, ulardan faqat bittasi – „Nefteximik“ direktori Yevgeniy Panteleimonov qoʻriqchilardan bosh tortdi. Oʻsha yili Yevgeniy Panteleimonov oʻz uyi ostonasida oʻldirilgan.

Qotillik tashkilotchisi mahalliy jinoyatchi Oleg Lomakin boʻlib chiqdi va 1996-yil aprel oyida hibsga olindi. U Ribolovlevni qotillik ortida turganlikda aybladi, bu esa Ribolovlevning hibsga olinishiga va 11 oyni tergov hibsxonasida oʻtkazishiga sabab boʻldi. Oxir-oqibat Lomakin oʻz koʻrsatmasidan voz kechdi va ikki sherigi bilan Panteleimonovni oʻldirganlikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sudyaning xulosasiga koʻra, jinoyatchilar kompaniya direktorini „Trade House FD“ shirkati bilan hamkorlikdan bosh tortgani uchun oʻldirishgan.

1997-yilda Ribolovlev uch darajadagi sudlar, jumladan Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Prezidiumi tomonidan oqlandi. Ommaviy axborot vositalarida ozodligi evaziga shirkatining aksiyalarini sotish uchun qamoqxonada tovlamachilik qilinganini, ammo rad javobini berganini aytdi.

Keyingi 15 yil ichida Rybolovlev Uralkaliyni rivojlantirishga eʼtibor qaratdi va uni yirik xalqaro korxonaga aylantirdi.

Rossiyaning „Vedomosti“ biznes gazetasiga koʻra, 2000-yilga kelib kompaniyadagi nazorat ulushini birlashtirgan va uni rivojlantirishga kirishgan. 2000-yilda Uralkaliy kapitallashuvi 15 million dollar atrofida boʻlgan boʻlsa, sakkiz yil ichida 20 milliard dollarga yetdi. Bu vaqt mobaynida mineral oʻgʻitlar bozorining umumiy istiqboli yaxshilangan boʻlsa-da, Ribolovlev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar Sovet davridagi korxonani jahon sanoat yetakchisiga aylantirishda muhim rol oʻynadi. 2000-yilda Ribolovlev Uralkaliyning butun boshqaruvini almashtirib, mehnat unumdorligini oshirishni asosiy koʻrsatkich sifatida belgilab oldi. Buning natijasida 2000-yildan 2007-yilgacha boʻlgan davrda 2,5 baravar koʻpaydi.

2002-yilda Uralkaliy oʻzining transport markazi sifatida Sankt-Peterburg portida Boltiqboʻyi terminalini qurdi va kompaniyani mineral oʻgʻitlar uchun yuqori texnologiyali universal yuk tashish kompleksi bilan taʼminladi.

2005-yilda Uralkaliy va Belaruskaliy oʻzlarining savdo oqimlarini bitta treyder – Belarus kaliy kompaniyasiga birlashtirdilar. 2006-yilda Uralkaliyni London fond birjasida joylashtirish rejalari bor edi, biroq Ribolovlev kompaniyaning bahosini nohaq tarzda past deb hisobladi.

Qaror koʻp jihatdan toʻgʻri boʻldi, chunki IPO bekor qilinganidan bir necha kun oʻtgach, Uralkaliy konlaridan birida yirik avariya yuz berdi. Uralkaliy IPO nihoyat 2007-yilda amalga oshirildi va bu Rossiya biznesi tarixidagi eng muvaffaqiyatlilaridan biriga aylandi. Uralkaliy aksiyalarining 14,38 foizi uchun deyarli 1 milliard dollar yigʻildi, aksiyalarga boʻlgan talab taklifdan 23 baravar koʻp edi. Listing yirik xalqaro investorlarni jalb qildi va korporativ boshqaruv shaffofligi uchun yangi standartlarni belgilab beruvchi asosiy nuqta boʻldi.

2010-yil iyun oyida Rybolovlev Uralkaliy kompaniyasining 53% ulushini rossiyalik investorlar guruhiga sotdi: Kaliha Finance Limited (Suleyman Kerimov, 25%), Aerellia Investments Limited (Aleksandr Nesis, 15%) va Becounioco Holdings Limited (Filaret Galchev, 25%). Bitim narxi oshkor etilmagan, biroq 5,3 milliard dollar atrofida ekani xabar qilingan.

2010-yil dekabr oyida Uralkaliy Silvinitning 20% ulushini Ribolovlevdan 1,4 milliard dollarga sotib oldi. Birlashish 2011-yil iyul oyida Ribolovlev Uralkaliy kompaniyasining qolgan aksiyalarini sotganidan keyin yakunlandi. 2010-yilda oʻz ulushlarini sotganidan soʻng, Ribolovlev doimiy ravishda Monakoga koʻchib oʻtdi.

Nizolar

Kama daryosining ifloslanishi 2012-yil iyun oyida Rossiyaning ekologik nodavlat tashkiloti – Green Patrol oʻtgan yillar davomida toʻplangan maʼlumotlarga asoslanib, Uralkaliyni Rossiya tabiatini eng yomon 100 nafar ifloslantiruvchi korxonalar qatoriga kiritdi. 2010-yilda xuddi shu NNT tomonidan Perm oʻlkasida tashkil etilgan ekspeditsiya, Ribolovlev hali kompaniyaning egasi boʻlgan paytida, Uralkaliyda ruxsat etilgan maksimal darajadan 1850 marta oshib ketgan kamida 16 ta zararli element (shu jumladan rux va ammoniy) borligini aniqladi. NNT prezidenti Roman Pukalovning soʻzlariga koʻra, Uralkaliy Kama daryosiga muntazam ravishda tashlangan zararli elementlarning toʻliq roʻyxatini oshkor eta olmadi. U Kama suvini „juda ifloslangan“ deb taʼriflab, Berezniki atrofidagi kichik daryolar haqiqatda shoʻr suvga aylanganini eʼlon qildi.

Panama hujjatlari 2016-yil aprel oyida Xalqaro tadqiqotchi jurnalistlar konsorsiumi (ICIJ) tomonidan Ribolovlev xotini bilan ajrashish jarayonida Virjiniya orollarida roʻyxatdan oʻtgan kompaniyadan foydalangani daʼvo qilingan edi. Ribolovlevning ofshor kompaniyalaridan foydalanishi Süddeutsche Zeitung gazetasi tomonidan „boy odamlarning nikohi buzilgan taqdirda oʻzlarining katta boyliklarini himoya qilish uchun qanday yoʻl tutishlari haqidagi darslik misoli“ sifatida tasvirlangan.

Georgiy Bedjamovning ozod etilishi Rossiyaning Bobsley va Skeleton sporti federatsiyasi prezidenti, „Vneshprombank“ning sobiq egasi Georgiy Bedjamov 2016-yilning mart oyida Monakoda Rossiya hukumati tomonidan firibgarlik va davlat mablagʻlarini oʻzlashtirganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Bedjamov 2016-yil iyul oyida Monako shahzodasi tomonidan ozod qilingan, keyinroq bu qaror Monako apellyatsiya sudi tomonidan tasdiqlangan. Rus manbalari Ribolovlev Georgiy Bedjamovga Rossiya hukumatidan qochishga yordam berganini daʼvo qilgan, ammo Ribolovlev 2016-yil oktyabr oyining oxirida Fransiyaning Le Parisien gazetasiga bergan intervyusida bu daʼvolarni rad etdi.

Football Leaks janjali 2016-yilning dekabrida Football Leaks mojarosi Rybolovlev va futbol agenti Jorge Mendes oʻyinchilarni noqonuniy sotib olish uchun maxfiy tizim oʻrnatgani maʼlum boʻldi. Kiprda joylashgan Browsefish Limited nomli offshor investitsiya fondidan foydalanib, Ribolovlev uchinchi tomon egaliklari (TPO) orqali oʻz oʻyinchilarining narxini boshqargan. Ribolovlev oʻz shaxsini yashirish uchun offshor kompaniyalardan foydalandi, chunki TPO Yevropada noqonuniy hisoblanardi. Masalan, futbolchi Fabinho „Rio Ave“ tomonidan „Monako“ga ijaraga berilganida unga tegishli pullarning 48,5 foizi allaqachon Ribolovlevniki boʻlgan.

„Monako“ bu daʼvolarni rad etdi va bunday sxema hech qachon amalga oshirilmaganligini, fransuz va Yevropa matbuotida eʼlon qilingan xabarlarda aksincha „notoʻgʻri maʼlumotlar va koʻplab noaniqliklarni oʻz ichiga oladi“ deb taʼkidladi.

Shaxsiy hayoti Dmitriy va Yelena Ribolovlevlar 1987-yilda Rossiyaning Perm shahrida turmush qurishdi. Ular tibbiyot maktabida uchrashishgandi. Ularning ikki qizi bor: 1989-yilda tugʻilgan Yekaterina va 2001-yilda tugʻilgan Anna. 2015-yilda Yekaterina Angliyaning „Sanderlend“ klubining 20 foiz ulushiga ega urugvaylik tadbirkor Juan Sartoriga turmushga chiqdi. Der Spiegel 2018-yilda Ribolovlev na ingliz, na fransuz tillarini bilmasligi haqida xabar bergan.

Yelena Rybolovleva 2008-yil 22-dekabrda sudga ajrashish uchun ariza berdi va arizasida turmush oʻrtogʻining „ketma-ket xiyonati“ni keltirdi. Shu bilan birga, Yelena Jeneva davlat prokuroridan Ribolovlevdan oʻz aktivlarini himoya qilishni rasman soʻradi.

2014-yilning fevralida Yelena Kiprda 28 million dollarlik brilliant uzukni oʻgʻirlaganlikda ayblanib hibsga olingan edi, u keyinchalik sobiq eri bilan hali turmushda boʻlganlarida unga sovgʻa qilganini isbotladi.

Oʻsha yilning may oyida Jeneva sudi Yelenaga rekord darajadagi 4,8 milliard dollar toʻlashga qaror qildi. Bu oʻsha paytda tarixdagi eng qimmat ajralish kelishuvi boʻlardi. Biroq, Ribolovlevning advokatlari 2014-yilgi qaror ustidan 2015-yil iyun oyida muvaffaqiyatli apellyatsiya berishdi. Jeneva sudi avvalgi qarorni bekor qilib, Yelenaning kelishuvini 564 million shveytsariya frankigacha kamaytirishga qaror qildi. Nihoyat, 2015-yil oktyabr oyida Ribolovlev va Yelena ajrashish boʻyicha kelishuvga erishganliklarini va ish boʻyicha barcha qonuniy harakatlar toʻxtatilishini eʼlon qilishdi. Moliyaviy shartlari oshkor etilmagan.

Uning Airbus uchogʻi bor.

Uning 250 million dollarlik „Anna“ deb ataladigan yaxtasi bor.

Boyligi Forbes jurnalining 2012-yildagi roʻyxatiga koʻra, u dunyo boylari ichida 100-oʻrinda turganForbes:Bogateyshie biznesmeni Rossii – 2011The 2012 ARTnews 200 Top Collectors | ARTnews. 2021-yil uchun Forbes milliarderlari roʻyxatida Ribolovlev 6,7 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida 391-oʻrinni egalladi. Yillar20092010201120122013Boyligi 3,1 8,6 9,5 9,0 9,1 Oʻrni 196 93 100 119 Oʻrni (Rossiya) 14 13 14

Manbalar

Turkum:Rossiya milliarderlari Turkum:Yashayotgan insonlar