Kanberra stadioni (ing: Canberra Stadium) Avstraliya poytaxti Kanberrada joylashgan koʻp maqsadli stadiondir, stadion shuningdek, homiylik sabablar tufayli GIO stadion Kanberra (ing: GIO Stadium Canberra) ham deb ataladi. Stadionda regbi, futbol musobaqalari oʻtkaziladi.

Tarixi Stadion 1977-yilda Tinch okeani davlatlari oʻrtasidagi konferentsiya oʻyinlari uchun qurilgan, shuningdek, ushbu stadion yengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan 4-jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan. 1980-yillarning oxirlariga kelib stadiondagi yugurish yoʻlagi olib tashlandi. Yugurish yoʻlaklarining koʻchirilishining asosiy sababi, Avstraliya futboli musobaqalari oʻtkaziladigan boʻldi. stadiondan 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlari musobaqalarida ham foydalanilgan. Stadion oʻrtasiga kriket chimi yotqizilib kriket musobaqalari ham oʻtkazilib turilgan.

Egalik Stadion ayni damda Avstraliya Sportlar Komissiyasi orqali Avstraliya hukumati egalik qiladi va Avstraliya Poytaxt Territoriyasi Hukumati tomonidan ijaraga beriladi. 2010-yilda ijara muddati tugaganligi tufayli hozir Avstraliya Poytaxt Territoriyasi Hukumati stadionga yangi ega qidiradi.

Oʻrindiqlar va stadion sigʻimi Stadionning nominal hajmi 25,011 kishiga moʻljallangan, eng koʻp tomoshabin 2004-yildagi regbi oʻyicha Super 12 finalida kirgan, oʻshanda 28,753 tomoshabin stadionga tashrif buyurgan edi. Tomoshabinlar rekord soni Regbi ittifoqi 28,753 – Super 12 Final 2014, ACT Brumbies va Canterbury Crusaders Regbi ligasi 26,476 – NRL mavsumi 2010 yarim fianli, Canberra Raiders – Wests Tigershttp://austadiums.com/sport/event.php?eventid=10976 25,628 – Anzac Test 2013, Avstraliya va Yangi Zelandiya 25,253 – NSWRL mavsumi 1994, Canberra Raiders va Western Suburbs Magpies Futbol 24,800 – 2000-yilgi Olimpiya futboli,  – 24,800 – 2000-yilgi Olimpiya futboli,  – 20,032 – Osiyo kubogi sarlash bosqichi, vs Avstraliya futboli 11,282 – AFL mavsumi 1995, AFL Fit va AFL WCE

AFC Osiyo kubogi 2015

SanaVaqt (UTC+11)Jamoa #1NatijaJamoa #2RoundTomoshabin10-yanvar, 201516:00 1–0 A guruhi12,55211-yanvar, 201518:00 4–1 A guruhi5,51313-yanvar, 201518:00 0-1 A guruhi8,79515-yanvar, 201518:00 1-2 C guruhi7,92518-yanvar, 201520:00 2-1 B guruhi18,45720-yanvar, 201518:00 2-0 D guruhi10,23523-yanvar, 201517:303-3 (qarangv) (penaltilar: 6-7)Chorak finali18,921

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayt

Turkum:AFC Osiyo kubogi 2015 stadionlari Turkum:Avstraliya futbol stadionlari