Ikrom Isroiljon oʻgʻli Aliboyev (1994-yili 9-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi. Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klub aʼzosi. Maydondagi ampluasi yarim himoyachi.

Klubdagi faoliyati Ikrom Aliboyev professional futboldagi faoliyatini 2013-yili boshlagan. U ilk bora Lokomotiv safida 2013-yilning 8-noyabrida oliy liga uchrashuvida Buxoro futbol klubi bilan kechgan oʻyinda jamoa tarkibiga qoʻshildi. Oʻsha oʻyinda u zaxirada boʻldi. Ikrom Aliboyev hozirga qadar ushbu klubda oʻynab kelmoqda.

Ichki chempionatda shu vaqtga qadar 16 ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan. Osiyo chempionlar ligasining 2014 va 2015-yilgi musobaqalarida klub tarkibida 3 ta oʻyinda qatnashgan.

2018-yil 13-dekabrda u K-liga 1 jamoasi FC Seul bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U 2020-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi va 2020-yilgi chempionat jadvalining uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishi uchun klubga hissa qoʻshgan, ammo 2020-yilgi mavsumda jarohati tufayli mavsumni tark etishga majbur boʻlgan.

2021-yilda Aliboyev oʻzaro kelishuvga koʻra „Seul“ klubi bilan shartnomasini bekor qildi va keyin K Liga 2 jamoasi „Daejeon Hana Citizen“ ga oʻtdi. Keyin esa mavsum oxirida klubni tark etdi. 2022-yilda u Oʻzbekistonga qaytib, Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtdi'대전과 결별' 알리바예프, 우즈벡 복귀…파크타코르 타슈켄트 이적 Retrieved January 20 2022.. 2023-yilgi mavsum avvalida „Paxtakor“ jamoasi bilan xayrlashdi'대전과 결별' 알리바예프, 우즈벡 복귀…파크타코르 타슈켄트 이적 Retrieved January 20 2022. va Janubiy Koreyaning „Gangwon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yildan Koreyaning „Seongam FC“ jamoasi futbolchisi. 2024-yilda Koreya ligalarida 100 ta oʻyin oʻtkazgan dastlabki oʻzbekistonlik futbolchiga aylangan. Faoliyat statistikasi Klub

JamoaMavsumLigaKubokXalqaroBoshqaJamiDivizionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolLokomotiv Toshkent2013Oʻzbekiston Superligasi3020——50201400—00—0020152522030—30220162215170—34220172245030—30420182542152—327Jami9711162182—13115FC Seoul2019K League 1353———35320201102021—151202100———00Jami4632021—504Daejeon Hana Citizen2021K League 2171———171Paxtakor Toshkent2022Oʻzbekiston Superligasi180205010260Gangwon FC2023K League 123100—20251Seongnam FC2024K League 2170———170Neftchi2025Oʻzbekiston Superligasi28341——3242026Oʻzbekiston Superligasi21001021Umumiy faoliyat218162022533026621

Terma jamoadagi faoliyati Ikrom Aliboyev terma jamoaga 2015-yili bosh murabbiy Mirjalol Qosimov tomonida chaqirtirilgan. U lik bora 2015-yilning 11-iyunida terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va oʻyinning asosiy vaqtida toʻliq oʻynadi. Ikkinchi tema jamoadagi oʻyini rasmiy oʻyin boʻlib, unda 2015-yilning 16-iyunida 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qitʼasi boʻyicha saralash bosqichining 2-roundida terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda 34 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaqtga qadar u 28 ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Yutuqlari Lokomotiv

Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2016, 2017, 2018,

Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2013, 2014 Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi (3): 2014, 2016, 2017 Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2015 Oʻzbekiston Superkubogi 2-oʻrini: 2014

Paxtakor

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2022 Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2022

Neftchi

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026

Manbalar

Havolalar

Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Seoul futbolchilari Turkum:Daejeon Hana Citizen futbolchilari Turkum:Gangwon FC futbolchilari Turkum:Seongnam FC futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:K liga 1 futbolchilari Turkum:K liga 2 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari