Abdul Rashid Doʻstum (, ) — Afgʻoniston davlat va siyosat arbobi, marshalАбдулрашид Дўстумга Афғонистон қуролли кучлари маршали унвони берилади. 2014-yildan boshlab Afgʻoniston Vitse-Prezidenti va ilgari Ahmad Ziyo Mesut va Muhammad Mohaqiqlar bilan birga Afgʻoniston Milliy Kengashi rahbarlaridan biri, shuningdek Junbish-e milliy-yi Islami-yi Afgʻoniston]] siyosiy partiyasi () rahbari. U afgʻon urushi oʻtmishida milliy armiya safida uzoq vaqt xizmat qilganligi bilan ham Afgʻoniston siyosatida muhim shaxslardan biri hisoblanadi.
Doʻstum Sovet ittifoqi qoʻshinlarining Afgʻonistondagi harbiy amaliyotlari chogʻida afgʻon armiyasiga boshchilik qilgan. Keyinchalik mustaqil ravishda Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamoasiga rahbarlik qilgan. Shuning birga 80-yillari Mujohidlarga va 90-yillarda Tolibonga qarshi harbiy toʻqnashuvlarda faol ishtirok etgan.
Tarjimai holi Abdul rashid Doʻstum 1954-yilda Afgʻonistonning Joʻzjon viloyatida tavvalud topgan. Uning oilasi kambagʻal boʻlgani bois oʻrta umumtaʼlim maktabini erta tark etishga majbur boʻladi va yoshligidanoq gaz va neftni qayta ishlaydigan joylarda faoliyat olib borgan. 2021-yil 6-avgustda Tolibon jangarilari marshal Doʻstumning uyini yoqib yuborishdi. Tolibon harakati Kobulni egallaganidan soʻng Doʻstum Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatiga kelib joylashdi.
Manbalar
Turkum:Afgʻonistonlik Oʻzbeklar Turkum:Afgʻonistonlik siyosatchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Afgʻoniston harbiylari Turkum:20-asr afgʻon siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar