Ardabil () — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Ardabil shahri. Boshqa yirik shaharlari: Forsobod. Aholisi soni — 1 248 000dan ziyod. Eron Ozarbayjon tarkibiga kiradi. Shimoldan Ozarbayjon Respublikasi hududi bilan chegaradosh.

Shahristonlari Ardabil ustoni 9 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan: Ardabil Bilosavor Girmi Kovsar Mishkinshahr Nomin Nir Forsobod Xolhol

Aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Ardabil ustonida 1 248 488 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini ozarbayjonlar tashkil etadi. Ustonda shunigdek forslar, tolishlar, kurdlar va armanlar istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha. Ozarbayjon tili — norasmiy til maqomiga ega.

Manbalar

Iran Provinces

Turkum:Eron ustonlari

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari