thumb|Tarkan Çakır konsert davomida Onadoʻli roki (, ) turk xalq musiqasi va rok birlashuvi orqali yuzaga kelgan janr. U  1960-yillar oʻrtalarida,  The Beatles, Rolling Stones, Led Zeppelin, Yes, Status Quo va Omega Gʻarb rok guruhlari Turkiyada mashhur boʻlganidan soʻng paydo boʻldi. Turk xalq musiqasi va folklor falsafasi elementlari  Erkin Koray, Cem Karaca, Barış Manço, Moğollar kabi qoʻshiqchilarga taʼsir koʻrsatdi — aynan ular Onado'li rokining asoschilari boʻldi.

Tarixi Koʻkxon Aya taʼkidlashicha, turk roki Turkiyaga The Shadows guruhining tashrifidan boshlanadi va keyingi oʻn yilliklar davomida rivojlanadiTurkish progressive music in the sixties and seventies. Shubhasizki, G'arb rok-madaniyati turk sahnasiga kuchli taʼsir qildi. Gʻarb taʼsirida turk jamiyatining oʻzi va turk madaniyati sezilarli darajada oʻzgarishni boshladi. Bu oʻzgarishlar Onadoʻli rokining shijoat bilan oʻsishi, rivojlanishi va mashhurligiga xizmat qildi.

1966 dan 1975-yilgacha boʻlgan davrda psixodelik rok Turkiyda juda ommabop boʻlgan edi, xususan gitarachi Erkin Korayning kuylari. Bundan keyin progressiv rok va Jem Karaja, Moğollar kabi ijrochilar mashhur boʻlib ketdi

Oxirgi oʻn yilda Mor ve Ötesi, Kurban, Athena, Gripin, Kargo, Duman, Vega, Çilekeş va MaNga kabi guruhlarning oʻsishi kuzatilmoqda. Ular sahnaga chiqadigan janrlari ancha xilma-xil, lekin umuman olganda ular turk sahnasini va zamonaviy Onadoʻli rokini namoyon qiladi.

Ijrochilar 3 Hür El  Barış Manço  Cem Karaca  Moğollar  Erkin Koray  Gültekin Kaan  Edip Akbayram  Murat Ses  Üç Hürel  Kıraç  Haluk Levent  Bulutsuzluk Özlemi  Haramiler  Yırtık Uçurtma  İlhan İrem  Murat Göğebakan  Grup Destan  Murat Kekilli  Barış Akarsu  Kâzım Koyuncu  Şebnem Ferah  Oğuz Sanlısoy Demir Demirkan  Haykko Cepkin  Aylin Aslım  Özlem Tekin  Mor ve Ötesi  maNga  Yüksek Sadakat

Katta rok festivallari Rockʼn Coke  Masstival  Radar Live  Uni-Rock Fest Rock  Station Festival  Barışarock

Izohlar

Turkum:Musiqa janrlari