Ikromov Adham Ilhomovich – Oʻzbekistonlik shifokor va siyosatchi. 2024-yil 10-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri. 2022-yil fevraldan dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri, 2017-2022-yillarda Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi, 2009-yildan 2012-yilgacha va 2016-2017-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, 2012-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻribosari – aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2016-2017-yillarda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi boʻlgan.
Biografiyasi Adham Ikromov 1968-yil 20-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1986—1990-yillarda Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasida, 1990—1992-yillarda esa Toshkent tibbiyot instituti magistraturasida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati 1992—1994-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi klinik ordinatori.
1994—1998-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi jarrohi.
1998—2004-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi kompyuter tomografiyasi boʻlimi boshligʻi.
2004—2007-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi direktorining oʻrinbosari.
2007—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
2009—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.
2012—2016-yillarda Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari – Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari majmuasi rahbari.
2016—2017-yillarda Bosh vazir oʻrinbosari – Sogʻliqni saqlash vaziri, shu bilan birga Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti boʻlgan.
2017-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Prezidentining tashkiliy-kadrlar masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi birinchi oʻrinbosari va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi rektori boʻlgan.
2017—2022-yillarda Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi vazifalarida faoliyat olib borgan.
2022-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri.
2022-yil 30-dekabrda Sport vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi, Ikromov Yoshlar siyosati va sport vaziri vazifasida ishladi.
2024-yil 10-yanvarda Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Ikromov vazir lavozimini oʻzida saqlab qoldi.
Mukofotlari 2018-yilda Mehnat shuhrati ordeni berilgan. 2011-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni berilgan. 2024-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi faxriy unvoni berilgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston sport vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar