Bobojonov Poʻlat Razzoqovich (Бобожонов Пўлат Раззоқович, 1961-yil 1-yanvar, Bogʻot tumani, Xorazm viloyati) – oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri (2017—2025) hamda Xorazm viloyati hokimi (2012—2017) boʻlgan.

2023-yil 18-fevraldan Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisiPoʻlat Bobojonov Voleybol federatsiyasi raisi, Bekmurod Abdullaev esa uning birinchi oʻrinbosari etib saylandi.

Biografiyasi Taʼlim 1977-1982 yy. – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi. Mehnat faoliyati 1982-yilda Harbiy xizmat oʻtagan.

1982—1983-yillarda Gurlan tumani prokurorining yordamchisi vazifasida ish oʻrganuvchi.

1983—1985-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi prokurori.

1985—1991-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi boshligʻi.

1991—1992-yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumani prokurori.

1992—1996-yillarda Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari.

1996—1999-yillarda Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari – nazorat inspeksiyasi boshligʻi.

1999—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-kadrlar siyosati masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining yetakchi konsultanti.

2000-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining hududiy organlar kadrlari bilan ishlash shoʻbasi bosh inspektori vazifasini bajaruvchi.

2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.

2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.

2006—2011-yillarda Jizzax viloyati prokurori.

2011-yilda qisqa muddat Buxoro viloyati prokurori.

2011—2012-yillarda Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari.

2012—2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi vazifalarida faoliyat olib borgan.

2017-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti.

2023-yil 18-fevraldan 2025-yil 3-martgacha – Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi.

2025-yil 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayevga oʻrinbosar etib tayinlanadi .

2026-yil 7-sentyabrda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Vazir sifatidagi faoliyati Poʻlat Bobojonov Ichki ishlar vaziri sifatida Oʻzbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratilganligini maʼlum qilgan

2019-yilda Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba Jasliq qamoqxonasidagi mahkumlar soni haqida aniq maʼlumot bergan. Vazirga koʻra, oʻsha vaqtda „Jasliq“ qamoqxonasida 395 nafar mahkum saqlangan.

2020-yil yakunlari boʻyicha hisobotida Poʻlat Bobojonov ichki ishlar tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashda raqam ortidan quvish emas, jinoyatchilikning asl sabablarini bartaraf etish orqali fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga asosiy eʼtibor qaratilganligi haqida axborot bergan. Tanqidlar Poʻlat Bobojonov 2016-yildan keyin tayinlangan vazirlar orasida OAVdan „uzoq“ vazir sifatida tanqid qilingan.

Mukofotlari 2003-yil 28-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.

2024-yil 25-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar