„Guardians of the Galaxy Vol. 2“ (oʻzbekcha manbalarda „Galaktika qoʻriqchilari 2“ oʻlaroq maʼlum) — 2017-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi oʻn beshinchi film; „Guardians of the Galaxy“ (2014) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga James Gunn rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Chris Pratt, Zoe Saldaña, Dave Bautista, Vin Diesel, Bradley Cooper, Michael Rooker, Karen Gillan, Pom Klementieff, Sylvester Stallone va Kurt Russell ijro etgan.

Film premyerasi 2017-yilning 10-aprelida Tokio shahrida boʻlib oʻtgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $869 million mablagʻ toʻplab, 2014-yilning sakkizinchi eng kassapob filmiga aylangan. Filmning davomi — „Guardians of the Galaxy Vol. 3“ 2023-yilning 5-mayida chiqarilgan.

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Skript

Turkum:2017-yil filmlari Turkum:2017-yil 3D-filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:James Gunn filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar