Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti – Oʻzbekistonda elektrotexnika, mexanika, texnologiya, geologiya va energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasi.

Tarixi 1918-yilda tashkil topgan Turkiston xalq universitetining „Texnika“ fakulteti tarkibida „Elektromexanika“ boʻlimi ochilgan boʻlib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi boʻyicha kadrlar tayyorlab chiqarish ham moʻljallangan edi. 1920-yilda fakultet davlat universiteti maqomiga ega boʻlgach, unda „Maxsus mexanika“ boʻlimi taʼsis etilib, 69 talaba tahsil ola boshladi. 1952-yilda mazkur fakultetlar negizida Toshkent politexnika instituti tashkil topdi. Oʻzbekiston Prezidentining 1991-yil 30-apreldagi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 13-mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Ayni vaqtda Vazirlar mahkamasi sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, meʼmorchilik fakultetlarini birlashtirib – Toshkent arxitektura-qurilish instituti, kimyo-texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib – Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etish haqida ham qaror qabul qilgan boʻlib, amalda ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy texnika oʻquv yurtlari: Toshkent davlat texnika universiteti,Toshkent arxitektura qurilish universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etilgan edi. Navbatdagi qayta qurishlardan Toshkent politexnika institutining: „geologiya-qidiruv“, „kon-metallurgiya“, „avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari“, „sanoat energetikasi“, „neft va gaz“, „radioelektronika va avtomatika“, „energetika fakultetlari“. Toshkent mashinosozlik institutining: mexanika; texnologiya; mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash; traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qoʻshilib, yangi – Toshkent davlat texnika universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi.

Hozirgi koʻrinishida 1991-yil 6-mayda Oʻzbekiston SSR Prezidenti I. A. Karimovning farmoni bilan Toshkent mashinasozlik instituti va Toshkent politexnika institutining bir qator fakultetlari negizida tashkil etilgan.

1991-yil 27-iyunda universitetga Abu Rayhon Beruniy nomi berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi farmoniga asosan 2017-yil 23-iyunda Toshkent davlat texnika universitetiga Islom Karimov nomi berilgan.

Tavsifi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti aviatsiya, geologiya, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika va avtomatlashtirish yoʻnalishlari boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik texnika oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanadi. Toshkent davlat texnika universitetida 8 ta fakultet, 58 ta kafedra, 735 nafar professor-oʻqituvchilar, 11 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Hozirgi kunda Toshkent davlat texnika universitetida quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda:

Bakalavr darajasi, muddati 4 yil Magistratura, muddati 2 yil Doktorantura, oʻqish muddati 3 yil

Universitetda 5 ta ixtisoslashgan kengash ham mavjud boʻlib, ularda 12 xil yoʻnalish boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Universitetda zamonaviy oʻquv binolari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar, yotoqxonalar, kuchli tajriba bazasi, shuningdek, universitetgacha boʻlgan tayyorgarlik va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tarmogʻi mavjud. Universitet Germaniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Gretsiya va boshqa mamlakatlarning koʻplab ilmiy markazlari bilan ilmiy aloqalar oʻrnatgan. Universitetda INTAS, TACIS, TEMPUS-TACIS va boshqa xalqaro raqobatbardosh dasturlari doirasida bir qator ilmiy loyihalar grantlar asosida amalga oshirilmoqda. Universitetda, shuningdek, kichik korxonalar va ilmiy markazlar tarmogʻi boʻlgan Texnologiyalar parki, Texnologik biznes-inkubator va „COFYUTIS“ (Fransiya-Oʻzbekiston) tadqiqot markazi mavjud.

Xorijiy universitetlar bilan aloqalari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti har yili dunyoning turli universitetlari va taʼlim markazlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Bunday uchrashuvlardan koʻzlangan maqsad xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan shartnomalar tuzish, bilim almashish va talabalar almashinuvi boʻyicha kelishuvlarga erishishdan iboratdir.

Fakultetlari Neft va gaz fakulteti Muhandislik texnologiyalari fakulteti Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya ishi fakulteti Mashinasozlik fakulteti Elektronika va avtomatika fakulteti Elektr energetika fakulteti Issiqlik energetikasi fakulteti Mexanika fakulteti

Bakalavr yoʻnalishlari Kunduzgi # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi15111014Kasb taʼlimi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi25150900Dizayn (turlari boʻyicha)35231900Korporativ boshqaruv45310100Energetika (tarmoqlar boʻyicha)55310300Metallurgiya65310400Havo kemalaridan texnik foydalanish75310500Avtomobilsozlik va traktorsozlik85310600Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari boʻyicha)95310700Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar boʻyicha)105310800Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar boʻyicha)115310900Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)125311000Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)135311500Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha)145311600Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha) Konchilik ishi (mis rudalarini boyitish)155311700Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha)165311800Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi175311900Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish185312000Neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish va qurish195312100Energoaudit va sanoat korxonalarning energetik tekshiruvi205312200Konchilik elektr mexanikasi215312300Marksheyderlik ishi225312400Muqobil energiya manbalari (turlari boʻyicha)235312500Energiya mashinasozligi (tarmoqlar boʻyicha)245312600Mexatronika va robototexnika255312700Intellektual muhandislik tizimlari265312800Quymakorlik texnologiyalari275312900Lazer texnologiyalari va optoelektronika285313000Biotibbiyot muhandisligi295313300Geologiya-razvedka ishlarining texnikasi va texnologiyasi305313500Yorugʻlik texnikasi315313600Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari325313700Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish335313800Quvur transporti tizimlari inshootlari va ularning obyektlarini taʼmirlash345320100Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha)355320200Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish365320300Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar boʻyicha)375320500Biotexnologiya (tarmoqlar boʻyicha)385321400Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi395321900Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi405322100Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi415330200Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)425350700Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha)435610101Xizmatlar sohasi: avtomobil transporti445610600Xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha)455620200Havodagi harakatni boshqarish465630100Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)475640100Hayotiy faoliyat xavfsizligi485310200Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)

Sirtqi # Shifri Nomi15310100Energetika (tarmoqlar boʻyicha)25310200Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)35310900Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)45311000Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)55311500Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha)65311600Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha)75311700Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha)85311900Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish95313600Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari105320200Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish115330200Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)125350700Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar boʻyicha)135640200Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Kechki # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi15311600Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha)25310200Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)35320200Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish45310300Metallurgiyahttps://dtm.uz/info/passing-scores2020?location=14&university=315&emode=4&language=1

Magistratura yoʻnalishlari