Teshaboyev Toʻlqin Zakirovich – iqtisod fanlar doktori, professor, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori. TMI rektori (2020—2024)https://m.kun.uz/news/2020/10/09/tolqin-teshaboyev-toshkent-moliya-institutiga-rektor-boʻldi, TATU rektori (2016—2020) lavozimlarida faoliyat olib borgan!TATU rektori oʻzgardi.

Faoliyati

1984-1985-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti avtomatlashtirilgan elektr aloqa kafedrasi laboranti. 1985-1987.-yy. – Harbiy xizmatda. 1987-1988-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi texnigi. 1988-1994-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi ishlab chiqarish ustasi. 1994-2003-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi. 2003-2009-yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya va iqtisod masalalari boʻyicha prorektori. 2009-2012-yy. – Oʻzbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi. 2012-2014-yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori. 2014-2016-yy. – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rais oʻrinbosari. 2016-2020-yy. – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori. 2016-yilda TATU rektorining virtual qabulxonasini ishga tushiradiTATU virtual qabul xonasi taʼsis etildi. 2018-yilda TATUda oʻqitishning kredit tizimini joriy etadiTATUda oʻqitishning kredit tizimi joriy etildi.

2020-2024-yy. – Toshkent moliya instituti rektori.

2024-yil 8-fevral kuni Prezident qarori„Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Prezident qarori bilan Toshkent moliya instituti va Fiskal insitutini qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi .

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari