Luis Caffarelli () (1948-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — argentinalik-amerikalik matematik. Qisman differensial tenglamalar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 2012-yil Wolf mukofoti, 2023-yilda esa Abel mukofoti Nature Vol.615 No.7954, 30 March 2023, News p777 bilan taqdirlangan.

Caffarelli Buenos Aires universitetidan 1968-yil magistr, 1972-yil PhD darajasini olgan. 1986–1996-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. Ayni damda Austindagi Texas universitetida professor. Olim, shuningdek, Chicago va Minnesota universitetlarida hamda Courant matematika fanlari institutida ishlagan.

Caffarelli toʻsiq masalalari hamda chiziqli boʻlmagan qisman differensial tenglamalar boʻyicha dunyoning yetakchi mutaxassisi hisoblanadi. Olim gomogenizatsiyaga qoʻshgan hissasi bilan ham taniglan. Keyingi yillarda u integro-differensial tenglamalar sohasida faoliyat yuritib keladi.

Manbalar

Havolalar Luis Caffarellining Austindagi Texas universiteti saytidagi sahifasi

Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari