„Hikmatnoma: Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati“ (keyingi nashlari nomi: „Maʼnolar maxzani“) — oʻzbekcha maqollar va hikmatli soʻzlarning izohli lugʻati. Lugʻatni Shotursun Shomaqsudov va Shuhrat Shorahmedovlar tuzgan va nashrga tayyorlagan. Ilk bor 1990-yil Toshkent shahrida Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Kitobga oʻzbek xalqining asrlar davomida sayqal topib, shu kungacha yetib kelgan maqol va hikmatli soʻzlarining tarixan qanday shakllangani hamda ularning batafsil izohi kiritilgan. Toʻplam yakunida bibliografiya keltirilgan.
„Hikmatnoma“ oʻzbek xalq maqollarining eng mukammal lugʻati boʻlib, bir necha marta qayta nashr qilingan. Oʻzbekcha enografik asarlarda keng iqtibos keltiriladigan asarlarning biri. Toʻplamning birinchi nashriga oʻzbek xalq shoiri Erkin Vohidov kirish soʻz yozib, uni „xalq durdonalaridan tuzulgan oʻziga xos javohir“ deya taʼriflagan.
Nashlari Toʻplam 2001-yil Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida „Maʼnolar maxzani“ nomi bilan nashr qilingan. Ayni nom bilan 2018-yil qayta chop etilgan. Ilk nashr kabi bu ikki yangi nashr ham kirill yozuvida chop etilgan.
Manbalar
Havolalar „Hikmatnoma: Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati“ Ziyouz saytida
Turkum:Izohli lugʻatlar