Muhiddin Turdiyevich Esonov (tugʻ. Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik davlat arbobi. 2011—2016-yillarda Buxoro viloyatining hokimi lavozimida ishlaganhttps://www.gazeta.uz/ru/2015/01/16/senators/.

Biografiyasi

Muhiddin Turdiyevich Buxoro viloyatining Vobkent tumani hokimi boʻlgan. 2011-yil 27-dekabrda Islom Karimovning buyrugʻi bilan Buxoro viloyati hokimi etib tayinlangan .

2016-yilda Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingan. Viloyat hokimligidan ishdan olingach, bir muddat Buxoro tumani hokimi vazifasini bajargan. 2019-yilda boshqa ishga o'tishi munisabati bilan Buxoro tumani hokimi vazifasidan ozod qilingan. 2019-yildan 2020-yilga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2020-yil 29-fevralda Kogon tumani hokimi vazifasiga tayinlanadi. 2024-yil 13-mart kuni sogʻligi yomonlashgani sababli lavozimidan ozod etilgan.

Manbalar

Turkum:Buxoro viloyatining hokimlari Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar