Umidaxon Axmadjonovna Zakirova (tugʻ. 1970-yil 30-sentyabr, Andijon viloyati, OʻzSSR) – oʻzbek oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (2020-2024). Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi 1970-yil 30-sentyabrda Andijon viloyatida tugʻilgan. Oliy maʼlumot olgan, Andijon davlat tillar pedagogika institutini tugatgan. Rus, turk va ingliz tillarini yaxshi biladi.
Mehnat faoliyatini 1989-yilda Andijon davlat tillar pedagogika instituti laboranti lavozimidan boshlagan. 1994—2015-yillarda Andijon shahar 30-sonli maktab rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, direktor oʻrinbosari, 2015—2019-yillarda Andijon shahar 4-sonli maktab direktori, 2019—2020-yillarda Andijon shahar 11-sonli maktab direktori lavozimlarida ishlagan.
Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasida va 9-sonli Andijon saylov okrugidahttps://nrm.uz/contentf?doc=412782_reshenie_gorodskoy_izbiratelnoy_komissii_po_vyboram_v_tashkentskiy_gorodskoy_kengash_narodnyh_deputatov_ot_13_11_2014_g_o_registracii_kandidatov_v_deputaty_tashkentskogo_gorodskogo_kengasha&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar