Yangi Oʻzbekiston universiteti — Oʻzbekistonning Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi oliy taʼlim muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 23-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan. Universitet tashkil etilishi haqida 2021-yil 21-may kuni Toshkentda oʻtkazilgan „Besh tashabbus harakati“ tadbirida maʼlum qilingan. Universitet 8000 talabaga moʻljallangan. Universitetga birinchi yil kirish imtihonlari 2021-yilning sentabr oyida oʻtkazildi va oʻqish oktabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida boshlandi.

Birinchi imtihon Yangi Oʻzbekiston universitetiga birinchi imtihon 2021-yilning 6-sentabri kuni Toshkentda, „Bunyodkor“ stadioni tashqi maydonida boʻlib oʻtdi. Imtihonning 1-saralash bosqichida qatnashish uchun 6000 dan ortiq talabgor qatnashdi, 1-bosqichdan 1213 kishi muvaffaqqiyatli oʻtib test jarayonlarida qatnashdi. Imtihon uch soat davom etdi, har bir fan uchun 90 daqiqa vaqt belgilandi. Testlar ingliz tilida boʻlib oʻtdi.

Dasturlar NewUU Germaniyadagi Myunxen Texnika universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan to'rtta akademik maktab orqali ingliz tilida o'qitishni ta'minlaydi.

"Pre-university" tayyorlov kurslari

Bakalavr dasturlari

Raqamli texnologiyalar maktabi

Dasturiy ta'minot muhandisligi Sun'iy intellekt va robototexnika Kiberxavfsizlik

Muhandislik maktabi

Mexanika muhandisligi Kimyo va materialshunoslik muhandisligi

Gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar maktabi

Amaliy matematika Iqtisodiyot va ma'lumotlar fanlari

Oʻrta taʼlim (matematika va informatika)

Boshqaruv maktabi

Sanoat boshqaruvi

Magistratura va doktorantura dasturlari MSc.

Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalari Turkum:2021-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar