2021-yilgi Tolibon hujumi — AQSh harbiylarining Afgʻonistondan toʻliq olib ketilishi aniq boʻlgach , 2021-yilning 1-may kunidan Tolibon harakati tomonidan Afgʻoniston Qurolli kuchlariga qarshi boshlangan faol hujum harakatidir. Hujumlar oqibatida 14-avgust kuni toliblar Afgʻonistonning 90 % hududini oʻzlariga boʻysundira oldilar. 15-avgustda poytaxt Kobulni bosib oldilar va mamlakat boshqaruvini qoʻlga kiritdilar. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldiV posolstve RF soobщili o pobege Gani iz prezidentskogo dvorsa.

Boshlanishi Afgʻonistondagi fuqarolar urushi davrida Tolibonga asosiy qarshilik mamlakat shimolidan (Shimoliy ittifoq) koʻrsatilgani uchun 2021-yil toliblar yangi hujumlarni boshlashda asosan shimolga eʼtibor qaratdilar. 1990-yillarda Tolibon hukmronligi vaqtida Afgʻonistonda ayollarning huquqlari doimiy buzilib kelgan: ular hamma joyda burqa kiyib yurishga majbur boʻlganlar, 10 yoshdan katta qizlarga maktabda oʻqish taqiqlangan. Bu qoidalarni buzgan ayollarni omma oldida jazolaganlar, baʼzida qatl ham qilganlarPanika i otchayanie v Afganistane: lyudi begut ot nastupayuщix otryadov „Talibana“, BBC, 16.08.2021. Hujumning borishi May May oyi boshlarida Tolibon Vardak viloyatining 15 ta tumanini qoʻlga oldi. Hujumlar oqibarida 405 nafar Afgʻoniston harbiylari va 260 nafat tinch aholi vakillari vafot etgan.

Iyun Iyun oʻrtalariga kelib toliblar Bagʻlon va Qunduz viloyatlarining 69 ta tumanini nazoratlari ostiga olgan edilar. Mozori-Sharif shahri oʻrab olingandi. Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh boʻlgan hududlarda oʻz bayroqlarini tikladilar. 1,5 mingdan ortiq afgʻon harbiylari Tojikistonga qochib jon saqlashga majbur boʻldilar. Iyun oxirlarida toliblar Kobulga chegaradosh boʻlgan Parvon viloyatida jang olib bordilar. Iyul 2-iyul kuni NATO qoʻshinlarining soʻnggi harbiylari Bagram aviabazasini tark etdilar. 4-iyul kuni toliblar Pokiston bilan chegara punktlarida oʻz bayroqlarini koʻtardilar. 12-iyul kuni toliblar yana 55 ta tumanni qoʻlga kiritdilar. Mamlakat rasmiylari esa avval „Tolibon“ tomonidan egallangan barcha hududlarni qaytarib olganliklarini aytishdi. Avgust Avgust boshida Afgʻonistondagi 417 tuman markazidan 200 tasi „Tolibon“ qoʻlida ekani aytildi. shuningdek, boshqa tumanlarda ham doimiy toliblar borligi maʼlum qilindi Москва готова к сценарию полного захвата талибами власти в Афганистане // Interfax, 29 июля 2021 года . 6-avgust kuni „Tolibon“ Shibirgʻon va Eron chegarasi yaqinidagi Zaranj shaharlarini egalladi Талибы штурмуют города dw.com, 7 августа 2021 года . Bir necha soatdan keyin Qunduz, Saripul va Talukan ham toliblar qoʻliga oʻtdi Наступление талибов на севере Афганистана продолжается Русская служба Би-Би-Си, 8 августа 2021 года Талибан берёт под контроль Талукан ТАСС, 8 августа 2021 . thumb|left|225px|Boeing B-52 Stratofortress samolyoti Afgʻoniston osmonida 7-avgustda Gʻarb davlatlari mamlakatda xavf darajasi yuqorilab ketgani sababli oʻz fuqarolarini Afgʻonistonni tark etishga chaqirdi Посольство США в Кабуле сделало ряд заявлений // РИА НОВОСТИ, 7 августа 2021 МИД Великобритании призвал граждан немедленно покинуть Афганистан // Regnum, 7 августа 2021. Shu kuni Birlashgan millatlar tashkioti bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha vakili Debora Layons „Voqealarning bu terzda davom etishi mamlakatni halokatga olib keladi“, deb taʼkidladiВ ООН предупредили о катастрофических последствиях войны в Афганистане // Regnum, 7 августа 2021 года. 8-avgust Joe Biden administratsiyasi koʻpdan beri davom etayotgan Afgʻoniston urushini tugatish niyatida ekanini aytdiNew York Times: Планы Байдена в отношении Афганистана не изменились // ТАСС, 8 августа 2021 года.

8-avgustda AQSh harbiy havo kuchlari Fors koʻrfazidan turib „Tolibon“ga qarshi zarbalar berdi США отправили бомбардировщики B-52 в Афганистан для борьбы с талибами // Взгляд]] Бомбардировщики B-52 США нанесли авиаудары по талибам в Афганистане // Lenta.ru, 7 авг Американские бомбардировщики ликвидировали более 200 талибов на севере Афганистана // RusNext.

9-avgust kuni Samangan viloyatining markazi — Oybek shahri ham „Tolibon“ tomonidan egallandi.

11-avgust kuni Joe Biden administratsiyasi AQSh 31-avgustgacha Afgʻoniston harbiylariga yordam berishini maʼlum qildiБрифинг в Пентагоне // ТАСС, 12 августа 2021 года.

„Eron Islom Respublikasi ovozi“ teleradiokompaniyasi „Tolibon“ Afgʻonistonning 90 % hududini egallab olganini bildirdi. Kobulning egallanishi

15-avgust kuni toliblar Afgʻonistondagi barcha chegara oʻtish punktlarini nazorat qilayotganlari maʼlum boʻldi. Shu kuni „Tolibon“ jangchilari Kobulga hujum boshladilar. Shaharda oʻq ovozlari eshitilib turganiga qaramasdan Afgʻoniston prezidenti administratsiyasi vaziyat nazorat ostida ekanini eʼlon qildiВласти Афганистана опровергли нападение талибов на Кабул // Известия, 15 августа 2021. „Tolibon“ yetakchilari oʻz jangchilariga urushni toʻxtatishni buyurishdi va Kobulni jangsiz qabul qilib olishga tayyorlanayotganlarini maʼlum qilishdi. „Tolibon“ vakillari Prezident qarorgohiga kelib hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirish boʻyicha muzokaralar olib borishdi.

Afgʻoniston yetakchisi oʻrnini „Tolibon“ning Qatardagi shtab-kvartirasi rahbari Abdul Gʻani Birodar egalladi. Sobiq Ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloliy esa Afgʻoniston muvaqqat hukumat rahbari lavozimini egalladiПрезидент Афганистана в ближайшие часы сложит с себя полномочия, 15.08.2021.

Afgʻoniston Islom Respublikasining prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatni tark etdi. U Tojikistonga uchgani maʼlum qilindi. Hukumat vakili Abdulloh Abdulloh bu maʼlumotni tasdiqlab, Ashraf Gʻanini „sobiq prezident“ deb atadi.

„Tolibon“ harakati Kobul ostonasida kutib turgan oʻz jangchilariga poytaxt Kobul shahriga kirishni buyurdi.

Kobul qulashidan keyingi qarshilik

17-avgust kuni mamlakatda qolgan vitse prezident Amrulloh Solih Afgʻoniston konstitutsiyasi boʻyicha oʻzini muvaqqat hukumat rahbari deb eʼlon qildi.

Manbalar

Turkum:Afgʻoniston