220px|thumb|right

„Kimigayo“ (, yaponcha talaffuzi: [kimigajo]; „Imperiya saltanati“) Yaponiya davlat madhiyasidir. „Kimigayo“ madhiyasi 32 ta belgidan iborat boʻlib, jahondagi eng qadimiy madhiya boʻlish bilan bir qatorda, jahondagi eng kam soʻzli madhiyadir. Madhiya soʻzlari Heian davrida (794-1185), nomaʼlum muallif tomonidan yozilgan waka sheʼridan olingan, madhiyaning hozirgi kuyi esa 1880-yilda tanlangan.

1888-yildan 1945-yilgacha „Kimigayo“ Yaponiya imperiyasining davlat madhiyasi boʻlib xizmat qilgan.  Imperiya Ikkinchi Jahon urushi oxirida taslim boʻlganidan keyin tarqatib yuborilgach, 1945-yilda imperiya o‘rnini Yaponiya davlati egalladi. Bu voris davlat parlamentar demokratiya edi va shuning uchun siyosat imperator suverenitetiga asoslangan tizimdan xalqqa asoslangan tizimga oʻzgardi. Biroq AQSh ishgʻol kuchlari imperator Hirohitoga taxtni saqlab qolishga ruxsat berdi va „Kimigayo“ amalda milliy madhiya boʻlib qoldi.  1999-yilda „Davlat bayrog‘i va madhiyasi to‘g‘risida“gi qonunning qabul qilinishi uni rasmiy davlat va imperiya madhiyasi sifatida tan oldi.

Soʻzlari 漢字(Kanji) rasmiy仮名 (Kana)

HiraganaOʻqilishiOʻzbekcha tarjimasi君が代は 千代に八千代に

細石の

巌と為りて

苔の生すまでKimigayo wa Chiyo ni yachiyo ni Sazare-ishi no Iwao to narite Koke no musu madeMayli, hukmronligingiz ming, sakkiz ming avlodga qadar, kichik va silliq toshlar yoʻsin bilan qoplanib, katta xarsang toshga aylangunga qadar davom etsin.

Manbalar

Havolalar Web-Japan.org Davlar bayrogʻi va madhiyasi Kimigayo: audio, soʻzlari va u haqda maʼlumot About.com Yaponiya davlat madhiyasi — Kimigayo

Turkum:Yaponiya Turkum:Madhiyalar