Dilbar Saidmahmudovna Usmonova (tugʻ. 1960-yil 4-iyun, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokori. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
Biografiyasi Dilbar Usmonova 1960-yil 4-iyunda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 1983-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Lavozimi Mehnat faoliyatini 1983-yilda Mintaqaviy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti endokrinologiya boʻlimida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. 1983-yildan 2006-yilgacha Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot institutining fizioterapiya boʻlimi mudiri lavozimida ishlagan. 2006-2007-yillarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi huzuridagi kurortlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, tibbiyot boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2007-2010-yillarda esa „Umid gulshani“ MChJ sanatoriysi direktori, 2010-2011-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi bosh vrachi. 2011-yildan buyon Dilbar Usmonova „Farhod Madad Shifo“ xususiy klinikasi bosh direktori, Qibray tumanidagi „Save-Agro-Trade“ oilaviy korxonasi (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash bilan shugʻullanuvchi korxona) rahbari lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Surxondaryoda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:4-iyunda tugʻilganlar Turkum:Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar