Hidoya madrasasi (1991—2015-yillarda Mulla Qirgʻiz madrasasi) – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oʻrta-maxsus islom bilim yurti. Namangan shahrida joylashgan.
Madrasa 1991-yilda Mulla Qirgʻiz madrasasida qayta tashkil topgan. 1998-yil Namangan shahar hokimining qarori va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi roziligi bilan bilim yurti Atoulloxon toʻra masjidi binosiga koʻchirilgan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining tashabbusi va 2015-yil 5-dekabrdagi buyrugʻiga asosan nomi Hidoyaga oʻzgartirilgan. 2016-yilda bilim yurti Namangan shahri Oromgoh dahasining Indira Gandi koʻchasi, 1-uyda joylashgan sobiq „Faxriylar uyi“ binosiga koʻchirilgan.
Havolalar ; .
Turkum:Namangan madrasalari Turkum:Oʻzbekiston oʻrta-maxsus islom oʻquv yurtlari