Kvartira-studiya odatda ichki devorlarsiz kichik kvartira boʻlib, unda oshxona, mehmonxona va yotoqxona bitta yerda joylashgan. XX asr boshlarida studiyalar minimal mebelga ega va baʼzan shu qavatning oʻzidagi umumiy sanuzelga ega boʻlgan kichik turar-joy hisoblanar edi.
Bugungi kunda kvartira-studiyalar koʻchmas mulkning turli segmentlarida taqdim etilmoqda. Ekonom toifasida bu kichik maydonga ega boʻlgan kvartiralardir. Hashamatli binolarda katta kvartira-studiyalar ham mavjud.
Turli mamlakatlarda
AQSH AQShda kvartira-studiyalarning oʻrtacha maydoni 46–56 m² ni tashkil qiladi.
Argentina Argentinada kvartira-studiya monoambiente deb ataladi (ispan tilida „mono“ - bir, „ambiente“ - xona).
Germaniya Germaniyada bir xonali kvartira anʼanaviy ravishda Garçonnière (fransuz tilidagi garçon, bola, yigit yoki boʻydoq degan maʼnoni anglatadi) yoki Einzimmerwohnung („Ein“ - bir, „Zimmer“ - xona, „Wohnung“ - kvartira) deb ataladi.
Gonkong Gonkongda studiya - bu taxminan 10 kvadrat metrlik mini-kvartira boʻlib, shuningdek, hammom va oshxonaga ham ega. Yashash maydonining minimal hajmi avtoturargohning kattaligiga teng.
Kanada Kanadada kvartira-studiyalarni bachelor (boʻydoqlar kvartirasi) deb ataladi.
Portugaliya Portugaliyada kvartira-studiyalar T0 (T-Zero) bilan belgilanadi, 0 raqami kvartirada alohida yotoq xonalari yoʻqligini bildiradi.
Shvetsiya Shvetsiyada kvartira-studiyalar “etta” yaʼni "birlik" deb ataladi. Ularning maydoni odatda 20 dan 40 m² gacha boʻladi.
Yaponiya Yaponiyada maydoni taxminan 10 m² boʻlgan studiya kvartiralari wan rūmu manshon (bir xonali qasr) deb ataladi.
Manbalar
Turkum:Mulk