Suluv Pizaura () — oʻrgimchaklar oilasiga mansub oʻrgimchaklar turi.
Erkaklari 10 – 13 mm, urgʻochilari esa 12 – 15 mm gacha boʻladi. Turning ruscha aniq nomi yoʻq. Ommabop maqolalarda baʼzan „suluv pizaura“- lotin tilidan tahminiy tarjimasi qoʻllanadi . Urgʻochilar birinchi navbatda pilla va yosh oʻrgimchaklarga gʻamxoʻrlik qilishadi, shuning uchun ham bu tur inglizcha „Nursery Web spider“ nomini olgan. Faol ovchilar guruhiga mansubRoberts, M.J. (1995) Spiders of Britain and northern Europe. Harper Collins Publishers Ltd. London.. Tur oʻzining reproduktiv xatti-harakati bilan mashhur boʻlgan . Erkaklar urgʻochilarga pillaga oʻralgan „sovgʻalarni“ taklif qiladilar. Ularni orasida baʼzan yeb boʻlmaydiganlari ham mavjud. Bu haqida urgʻochi oʻrgimchak faqatgina kopulyatsiya vaqtida pillani yechgach bilib oladi. „Sovgʻa“siz erkaklarining „uchrashuv imkoniyati“ 50% ga kamroqdir.
Turmush tarzi
Pizauralar asosan suv havzalari yaqinidagi baland oʻtlarda yashaydi. Muntazam ovqatlanishi tufayli pizauralar maksimal oʻlchamlarga erisha oladilar. Tanasiga nisbatan uzun oyoqlari bilan ular juda salobatli oʻrgimchaklarga oʻxshaydi. Oʻrgimchak yil boʻyi oʻsadi, avgust oyining oʻrtalarida — sentabr oyining boshlarida jinsiy yetuklikka erishadi. Agar urgʻochi pizaura kuzdan omon oʻtsa, qishki uyquga ketadi. Oʻrgimchaklarning kam foizi yana bir yil yashashi va takroriy nasl berishii mumkin, ammo holda toʻygan bu hasharot oʻsha zahoti vafot etadi.
Tasvirlar
Manbalar