Çobanoğulları bekligi (, ) — 1211-yilda Hüsameddin Çoban tomonidan asos solingan va 1309-yilga qadar Onadoʻlida mavjud boʻlgan turk-islom bekligi.

Beklikning asoschisi Hüsameddin Çoban Koʻniya sultonligi shohlari Qilich Arslon II, Kaykovus I va Alouddin kayqubodlarning xizmatidagi bir qoʻmondon boʻlgan. Tarix Beklikka aniq qaysi sanada asos solingani manbalarda turli xil berilgan. Ammo eng eski manbalarda, 1211-yilda Hüsameddin Çoban Kastamonuning beki sifatida yozib qoldirilgan. Kaykovus I va Alouddin kayqubodlarning oʻrtasidagi taht urushlaridan soʻng imzolangan tinchlik shartnomasida Hüsameddin Çoban ham ishtirok etganligi maʼlumYücel, Yaşar. (1989). a.g.e, syf. 37.. Kaykovus Idan soʻng taxtga chiqqan Alouddin kayqubodning taxt marosimida qatnashgan Onadoʻli beklarining orasida Hüsameddin ham borligi, shohga qiymatli hadyalar bergani manbalarda uchraydiErsan, Mehmet; Alican, Mustafa. (2014). a.g.e, syf. 84..

1224-yilda Hüsameddin Çoban Qrimga harbiy safar uyushtirdi va Sudak shahrini qoʻlga kiritdi. Bu safardan soʻng, oʻsha yerda masjid qurdirdi va qipchoqlar xoni va rus knyazini oʻziga tobe qildi. Hüsameddin Çoban vafot etgandan soʻng taxtga oʻgʻli Alp Yürek chiqdiA. C. S. Peacock, „The Saliūq Campaign against the Crimea and the Expansionist Policy of the Early Reign of’Alā' al-Dīn Kayqubād“ , Journal of the Royal Asiatic Society, Third Series, 16 (2006), p. 140. Alp Yürekning hukmronlik davri haqida manbalarda deyarli maʼlumotlar uchramaydi.

1280-yilda Alp Yürekdan soʻng taxtga Muzaffereddin Yavlak Arslan chiqdi. Davlatni Turkiya saljuqiylariga vassal sifatida boshqardi. Keyin Mesud II ning tahtga chiqishiga yordam berdi. 1292-yilda Mesud II ga isyon qilgan ukasi Rukniddin Qilich Arslon tarafidan oʻldirildiYakupoğlu, Cevdet. (2020). a.g.m, syf. 124.Stanford Shaw, History of the Ottoman Empire and Modern Turkey (Cambridge: University Press, 1976), vol. 1 p. 12. Muzaffereddin Yavlak Arslandan soʻng taxtga oʻgʻli Çobanoğlu Mahmud Bey chiqdi. Uning davrida Vizantiyaga qarshi bir necha kichik hujumlar uyushtirildi. Ammo 1309-yilda Candaroğlu Süleyman Bey qoʻshini bilan jangda oʻldirildi va Çobanoğulları bekligi Candaroğlu bekligiga qoʻshib olindiErsan, Mehmet; Alican, Mustafa. (2014). a.g.e, syf. 88..

Çobanoğulları beklari № Bek Hukmdorlik yili Izohlar1Hüsameddin Çoban 1211-? Arslon Yabgʻuning oʻgʻli Qutalmishning eng kuchli qoʻmondonlaridan biri. Qrimning Sudak shahrini bosib olib, qipchoq xoni va rus knyazini oʻziga tabe qilgan.2Alp Yürek ?-1280 Hukmronlik davri qisqa boʻlgan va muhim hodisalar roʻy bermagan.3Muzaffereddin Yavlak Arslan 1280-1292 Saljuqiylar taxt mojarolariga aralashgani bilan tanilgan.4Çobanoğlu Mahmud Bey 1292-1309 Ushbu beklikning toʻrtinchi va oxirgi beki. Süleyman Bey I tarafidan 1309-yilda oʻldirilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Onadoʻli bekliklari Turkum:Kastamonu tarixi Turkum:Sunniy sulolalar