Bafeus jangi yoki Koyunhisar jangi (; )Halil İnalcık, (1997) „Osman Gazi’nin İznik Kuşatması ve Bafeus/Koyunhisar Muharebesi“, Osmanlı Beyliği (1300-1389), Tarih Vakfı Yurt Yayınları, ISBN 978-975-333-067-1, 97p. — 1302-yil 27-iyulda Vizantiya imperiyasi va Usmonli bekligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Bafeus jangi Vizantiya va Usmonlilar oʻrtasida boʻlib oʻtgan ilk qurolli jangdir. Jangda Usmon Gʻozi boshchiligidagi Usmonli qoʻshini gʻalabaga erishdi. Tarixchi Halil İnalcıkka koʻra, ushbu jangdan soʻng Usmonlilar imperiyasiga asos solingan.

Fon Turli Usmonli manbalari va Yeoryos Pahimerisga asoslanib, Halil Inalcik Bafeus jangining sababini Usmonli imperiyasining Nikea (bugungi Iznik)ni turklar hukmronligi ostiga qaytarish istagi ekanligini koʻrsatadiİnalcık, Halil; sf. 303. Jangning yeri Koyunhisar jangi deb taʼriflangan urush, bugungi kunda Bursa viloyatining Yenişehir tumanidagi Koyunhisar yoki boshqa (sobiq) nomi bilan Hamidiye qishlogʻi joylashgan tekislikda boʻlib oʻtgan^ Halil İnalcık: Kuruluş Dönemi Osmanlı Sultanları, Türk Diyanet Vakfı, İstanbul, 2010, ISBN 978-605-55-8606-5, pp.36-38^ Studies in Ottoman history in honour of Professor V. L. Ménage Isis Press 1994, p. 205. Dastlab Bursa hokimi Adranos, Kestel va Kite tekfurlari Usmon Beyga qarshi birlashdilar. Vizantiya imperatori Andronikos II ham asosan pulli askarlardan iborat 2,000 dan ortiq jangchi birliklarini joʻnatdi. Ammo bu joʻnatilgan Vizanti birligi Usmon I qoʻmondonligidagi Usmonli qoʻshini tomonidan Iznikning janubiy-gʻarbiy qismidagi Koyunhisar (Bafeus) tekisligida yanchib tashlandi.

Bu urushda magʻlub boʻlgan Vizantiya qoʻshinlari koʻp talofat koʻrmagani va markaziy Vizantiya kuchiga mansub Alan asli yollanma askarlarning koʻpchiligi tarqoq holda Iznikga qaytganligi maʼlum qilingan. Usmonli qoʻshinidan Usmon Ining jiyani Aydogʻdu jangda halok boʻlganligi haqida maʼlumot borNorwich, John Julius, (1991) Byzantium: The Decline and Fall, Londra:Penguin ISBN 0-14-011447-5, say.263 . Aydogʻdu aslida Dimbos jangida vafot etgan boʻlib, Koyunhisarga dafn etilgan. Jangning natijasi Kite qal’asi fath etildi. Bursaning shimolidan tashqari uch tomoni Usmonli beyligi tomonidan qurshaldi. Usmonlilar Vizantiya tekfurlarini magʻlub etib, zotan zayiflashib qolgan Vizantiya imperiyasini kuchini yanada zayiflashtirdi. Iznik va Izmit shaharlarini fath etish uchun yoʻl ochildiKazhdan (1991), p. 1484. 1313-yilda Harmankaya tekfuru Köse Mihal musulmon boʻlib, usmonlilarga qoʻshildi. Xuddi shu yili Lefke, Mekece, Akhisar, Geyve va Leblebici qal’alari fath etildi. Tarixchi Halil Inalcik 2009-yildagi intervyusida ushbu jangdan soʻng Usmonli bekligi davlat darajasiga yetganligini taʼkidlagan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Vizantiya-Usmonli urushlari Turkum:Usmonli imperiyasi ishtirokidagi janglar