right|thumb|280x280px| Aeroport koʻrinishi, 2019-yil Nikola Tesla nomidagi Belgrad xalqaro aeroporti () – Serbiya poytaxti Belgrad shahridagi xalqaro aeroport boʻlib, Belgrad aeroporti () yoki Surchin aeroporti () nomi bilan ham tanilganhttp://www.beg.aeroEAD Basic. 2006-yilda Nikola Tesla sharafiga nomlandi. Serbiyaning eng yirik va eng gavjum aeroporti Belgradning yotoq hududidan 18 km gʻarbda, Surchin munitsipaliteti hududida, Srem geografik mintaqasining unumdor yerlari bilan oʻralgan hududda joylashgan.
Aeroport mamlakatning eng yirik aviakompaniyasi – Air Serbia uchun aviahab vazifasini bajaradi, loukoster Wizz Air uchun asosiy aerodromlardan biri hamda Air Pink, Eagle Express va Prince Aviation kompaniyalari tomonidan aviataksi xizmatlari uchun ham foydalaniladi. Aeroport „Aerodrom Nikola Tesla Beograd“ davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Aeroport Yevropadan (shu jumladan Rossiyadan) reyslarni qabul qiladi. Sharqdan uchayotgan yoʻlovchilar Belgrad shahri markazini (xususan, Novi Beograd tumani va Chukaritsa munitsipalitetini) koʻradi. Ilgari, yomon ob-havo sharoitida parvozlar Nishga yoʻnaltirilgan.
Tarixi Dastlabki aerodromlari Belgradning ilk aerodromi 1910-yil Banitsa yaqinida ochilgan. Serbiya aviatsiyasining kashshoflari – Simon, Maslenikov, Vidmar va Chermaklar oʻzining parvoz sinovlarini oʻtkazgan. 1912-yilda Serbiya harbiy-havo kuchlari ehtiyojlari uchun yogʻoch angar qurilgan: oʻsha paytda Serbiya harbiy-havo kuchlari Turkiyaga qarshi urushda qatnashgan. 1914-yilda Banitsa aerodromi Serbiya harbiy-havo kuchlari eskadroni va aerostat uchun bazaga aylandi. Urush tugagandan soʻng, aerodromdan Novi Sad – Belgrad – Nish – Skopye hamda Belgrad – Sarayevo – Mostar yoʻnalishlari boʻylab aviapochta uchun foydalanilgan. 1911-yilda Kalemegdan qal’asining quyi qismida yana bir aerodrom ochildi, u yerda hozir Belgrad planetariumi joylashgan.
Panchevodagi aerodrom 1923-yilda Belgrad shimoli-sharqidagi Panchevoda yangi aerodrom ishga tushdi. Oʻsha vaqtda Fransiyaning CFRNA aviakompaniyasi Belgrad orqali Parij – Istanbul xalqaro reyslarini amalga oshirdi. Xuddi shu yili aeroportda aviapochta ishlay boshladi. Bundan tashqari, Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi harbiy-havo kuchlari akademiyasi tomonidan foydalanilgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng, aerodrom Yugoslaviya harbiy-havo kuchlari tasarrufiga oʻtdi, soʻngra shtab-kvartirasi Zemundan Panchevoga koʻchirilgandan soʻng UTVA kompaniyasiga oʻtdi.
Doyno-Poledagi aerodrom (Yangi Belgrad) Panchevo Belgraddan ancha uzoqda joylashganligi va Dunay daryosini kesib oʻtish kerakligi sababli, Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi rasmiylari shaharga yaqinroq boʻlgan yangi aerodrom qurishga qaror qildi. Yangi aerodrom Sava daryosi boʻyida, hozirgi Novi-Beograd (Yangi Belgrad) tumanida hududi joylashtirilishi rejalashtirilgan. 1927-yil 25-mart kuni Belgrad xalqaro aeroporti yoki Doyne-Pole aeroporti ochilgan. 1928-yil fevral oyidan boshlab Aeroput mintaqaviy kompaniyasi samolyotlarida muntazam parvozlar amalga oshirila boshlandi. Aeroportda uzunligi 1100 m dan 2900 m gacha boʻlgan toʻrtta uzun uchish-qoʻnish yoʻlagini boʻlgan. Aeroportning temir-beton angarini serb olimi Milutin Milankovich loyihalashtirgan. Zamonaviy terminal 1931-yilda ochilgan va 1936-yilda yomon koʻrinishda foydalanish uchun qoʻnish chiroqlari oʻrnatilgan.
Urushdan oldingi yillarda ushbu aerodrom koʻplab havo poygalari, shu jumladan Shlezinger Afrika aviapoygalari nazorat nuqtasi vazifasini bajarganEngland to Africa at The Mercury, 21 September 1936. Aeroput, Air France, Deutsche Luft Hansa, KLM, Imperial Airways hamda Italiya, Avstriya, Vengriya, Ruminiya va Polshaning yetakchi aviakompaniyalarining samolyotlari bu yerga qoʻngan va havoga koʻtarilgan. 1941-yil aprel oyida nemislar Yugoslaviyani bosib oldi va aerodromni egallab, uni Luftwaffe uchun bazaga aylantirgan. 1944-yilda aerodrom Gʻarbiy ittifoqchilar tomonidan bombardimon qilindi va Sovet qoʻshinlarining Belgradga hujumi paytida nemislar qolgan binolarni portlatib yuborgan. 1944-yil oktyabr oyida aerodrom Sovet va Yugoslaviya kuchlari saʼy-harakati bilan tiklandi va urush oxirigacha u SSSR va Yugoslaviya tomonidan aviatsiya xizmatlarini yetkazib berish va texnik xizmat koʻrsatish uchun ishlatilgan.
1945-yil oxiridan boshlab Yugoslaviya harbiy-havo kuchlarining fuqarolik va yuk samolyotlari aerodromdan ucha boshladi. 1947-yil boshida Jat Airways va JUSTA Belgrad aerodromidan foydalangan holda mintaqaviy va xalqaro reyslarni amalga oshira boshladi va 1948-yildan boshlab Gʻarbiy Yevropa davlatlaridan Belgradga muntazam reyslar tiklandi. Yoʻlovchilar oqimining oʻsishi va yoʻlovchi tashishning yangi davrining boshlanishi munosabati bilan fuqarolik aeroportini kengaytirish zarurati tugʻildi va shu bilan birga, bu yerda Belgradning yangi tumani – Novi-Beogradni qurish rejasi taqdim etildi. Davlat xizmatchilari Belgradning gʻarbiy qismida, Surchin munitsipaliteti hududida, xuddi shu nomdagi markaz yaqinida yangi aeroport qurishga qaror qildi. Eski aeroportdan oxirgi parvoz 1964-yilda amalga oshirilgan.
Surchindagi aeroporti left|thumb| 1960-yillarda aeroport qurilishi Yangi aeroportning qurilish maydoni sifatida Belgrad markazidan 15 km uzoqlikda joylashgan Surchin platosi tanlagan. Loyihani ishlab chiquvchilarning alohida qarashlari tufayli aeroportni qurish uchun ikkita shartni bajarilishi talab etilgan: qurilish maydonchasi navigatsiya, meteorologik, qurilish, texnik va transport talablari uchun ideal boʻlgan va uzoq muddatli aeroportga texnik xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoitlar mavjud boʻlgan. 1958-yil apreldan 1962-yil 28-aprelgacha qurilish ishlari olib borildi va qurilish tugallangan kuni SFRY prezidenti Josip Broz Tito aeroportning tantanali ochilish marosimini oʻtkazdi. 3000 m uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi, parallel taksi yoʻlagi va 16 samolyot uchun beton platformalar qurildi. Yoʻlovchi terminalining maydoni 8 ming m² ni tashkil etdi. Shuningdek, yuk omborlari, boshqaruv minorali texnik blok va yordamchi binolar qurildi. Zamonaviy navigatsiya uskunalarini oʻrnatish aeroportga ICAOning barcha talablariga javob berishga va undan eng yuqori tasnifni olishga yordam berdi.
1990-yillarda BMTning xalqaro sanksiyalari tufayli aeroport faoliyatini qariyb toʻxtatdi: sanksiyalar reyslarga ham tegishli boʻlgan. Yoʻlovchilar oqimi minimal darajaga tushdi, koʻplab binolarni taʼmirtalab holatga keldi. 2001-yilda, hukumat oʻzgargandan soʻng, parvozlar qayta tiklandi va yana bir necha yil oʻtgach, ikkinchi terminalni rekonstruktsiya qilish boshlandi. Uchish-qoʻnish yoʻlagi 2005-yilda modernizatsiyadan soʻng IIIb toifasini oldi – bu eng yuqori toifa boʻlib, qalin tuman va kuchli yomgʻir sharoitida samolyotlarning qoʻnish xavfsizligini tasdiqlaydi. 2006-yilda aeroportga jahonga mashhur olim Nikola Tesla nomi berildi. 2010-yilda yangi boshqaruv markazi qurib bitkazildi va 2011-yilda aeroport aksiyalari birinchi marta Belgrad fond birjasiga qoʻyildi.
Bugungi kunda 2012-yilda aeroportni modernizatsiya qilish va kengaytirish, xususan, A va C darvozalari va tranzit hududlarida ishlar boshlandi. Maydoni yana 2750 m² ga kengaytirildi, A va C darvozalarida teleskopik traplar almashtirildi. 2018-yil oxiriga qadar yangi boshqaruv minorasi qurilishini yakunlash rejalashtirilgan: avvalgisi 1962-yilda qurilgan. Kelgusida ikkinchi terminalda yana toʻrtta trap oʻrnatish va maydonni 17 000 m² ga kengaytirish rejalashtirilganPrve ilustracije: Novi izgled „C“ hodnika aerodroma „Nikola Tesla“ – Tango Six. 2018-yil yanvar oyida Serbiya hukumati aeroportni boshqarish uchun Fransiyaning Vinci Airports kompaniyasi bilan 501 million yevro miqdorida 25 yillik shartnoma imzolandi.
Terminallari Ikki terminalning umumiy maydoni 33 000 m² ni tashkil qiladi. Ikkinchi terminal hajmi kattaroq, ikkalasi ham bir-biriga koridor orqali ulangan. Hammasi boʻlib 66 ta nazorat punkti va 27 ta darvozasi mavjud boʻlib, ulardan 16 tasi teleskopik trap bilan jihozlangan.
1-terminal 1-terminal aeroport qurilishi vaqtida qurilgan. U Yugoslaviya mavjud boʻlgan davrda ichki reyslarga, Yugoslaviya parchalangach, Serbiya va Chernogoriya reyslariga xizmat qilgan. Keyinchalik loukoster aviakompaniyalar va charter aviakompaniyalar tomonidan xalqaro reyslar uchun foydalanilgan. 2016 va 2017-yillarda terminal yangilandiPHOTOS: Belgrade Airport overhaul.
2-terminal 2-terminal 1979-yilda aeroportdagi yoʻlovchilar oqimining oʻsishi tufayli qurilgan. 5 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Terminal tarkibiga maʼmuriy idoralar, transfer stollari va boj olinmaydigan doʻkonlar kiradi. Terminal 2004—2006-yillarda (uchib kelish va ketish joylari yangilangan) va 2012—2013-yillarda (C platformasi kengaytirilgan) rekonstruksiya qilingan. 1-terminaldan yaqin kelajakda xorijiy aviakompaniyalar, 2-terminaldan esa Air Serbia va Etihad Airways Partners tomonidan foydalanilishi rejalashtirilganBelgrade Airport completes terminal overhaul.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Yoʻlovchi tashish
2025-yil fevral holatiga koʻra, quyidagi aviakompaniyalar muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi:
Yuk tashish Quyidagi aviakompaniyalar aeroportdan muntazam yuk reyslarini amalga oshiradi:
Statistikasi Yillar Yoʻlovchilar soni Oʻzgarishi, %da Yuk, t Oʻzgartishi, %da Uchish va qoʻnishlar soni Oʻzgarishi, %da 2002-yil 1 621 798 6.827 28.872 2003-yil 1 849 148 14 % 6.532 4 % 32.484 13 % 2004-yil 2 045 282 11 % 8.946 37 % 36.416 12 % 2005-yil 2 032 357 1 % 7.728 14 % 37.614 3 % 2006-yil 2 222 445 9 % 8200 6 % 42.360 13 % 2007-yil 2 512 890 13 % 7.926 3 % 43.448 3 % 2008-yil 2 650 048 5 % 8.129 3 % 44.454 2 % 2009-yil 2 384 077 10 % 6.690 18 % 40.664 8 % 2010-yil 2 698 730 13 % 7.427 11 % 44.160 9 % 2011-yil 3 124 633 16 % 8.025 8 % 44.923 2 % 2012-yil 3 363 919 8 % 7.253 10 % 44.990 0 % 2013-yil 3,543,194 5 % 7.679 6 % 46.828 4 % 2014-yil 4 638 577 31 % 10.222 33 % 58.695 25 % 2015-yil 4 776 110 3 % 13.091 28 % 58.506 0 % 2016-yil 4 924 992 3 % 13.939 7 % 58.633 0 % 2017-yil 5 343 420 8,5 % 19.758 41,7 % 58.859 0 % 2018-yil 5 641 105 6 % 20.065 2 % 67.460 3,8 % 2019 6 159 000 9,2 % 70.365 4,3 % Manba:
Eng koʻp uchiladigan yoʻnalishlar Shahar Aeroport(lar) Haftalik reyslar soni (2018-yil yozi) Aviakompaniyalar20x20pxTivat Tivat 42 Air Serbia, Montenegro Airlines20x20px Podgoritsa Podgoritsa 35 Air Serbia, Montenegro Airlines20x20px Vena Vena-Shvehat 32 Air Serbia, Austrian Airlines20x20px Tsyurix Tsyurix 31 Air Serbia, Swiss International Air Lines20x20px Istanbul Otaturk va Sabiha Gokchen 25 AtlasGlobal, Pegasus Airlines, Turkish Airlines20x20px Moskva Sheremetyevo 24 Aeroflot, Air Serbia20x20px Frankfurt-Mayn Fankfurt 21 Air Serbia, Lufthansa20x20pxAfina Elefteoris Venizelos 21 Aegean Airlines, Air Serbia20x20px Parij Sharl de Goll va Bove 17 Air Serbia, Wizz Air20x20px Myunxen Frans Iosif Shtraus va Memmingen 17 Lufthansa Regional, Wizzair20x20px Buxarest Anri Koanda 16 Air Serbia, TAROM20x20px Saloniki Makedoniya 14 Air Serbia20x20px Rim Leonardo da Vinchi 14 Air Serbia, Alitalia20x20px Skopye Skopye 13 Air Serbia20x20px Amsterdam Schiphol 13 Air Serbia, Transavia20x20px London Hitrou va Luton 12 Air Serbia, Wizz Air20x20px Lyublyana Yoje Puchnik 12 Air Serbia20x20px Zagreb Franʼo Tudjman 12 Air Serbia20x20px Stokgolm Stokgolm-Arlanda va Stokgolm-Skavsta 11 Air Serbia, Norwegian Air Shuttle, Wizz Air20x20px Abu Dabi Abu Dabi 10 Etihad Airways Manba:
Eng koʻp uchadigan aviakompaniyalar Oʻrni Aviakompaniya Yoʻlovchilar soni (2014-yil) % Oʻzgarishi, %da (2013-yilga nisbatan) 120x20px Air Serbia 2 647 923 50.6 68 220x20px Wizz Air 415.590 9.0 10 320x20px Lufthansa 283.867 6.1 6 420x20px Montenegro Airlines 258.841 5.6 2 520x20px Swiss International Air Lines 203.518 4.4 10 6 Boshqalar 1 128 754 24.3 20 Manba:
Xizmatlari Xavfsizlik