"Traktor Toshkent" — Toshkentda joylashgan sobiq oʻzbek futbol klubi. U xuddi shu nomdagi stadionda chiqish qilgan.
Nomlari 1968-1969 — „Tashavtomash“ 1970-2007 — „Traktor“
Tarixi U 1968-yilda 1950-yilda tashkil etilgan „ZMT“ klubining vorisi sifatida tashkil etilgan, ammo tez orada tarqalib ketgan. Jamoaning asoschisi va bosh homiysi Toshkent traktor zavodi edi.
1968-yilda SSSR Ikkinchi ligasining „Markaziy Osiyo“ zonasida debyut qilgan. 1970-yilgi mavsumda „Traktor“ soʻnggi, 22-oʻrinni egallab, turnirni tark etdi.
Oʻsha yili klub birinchi marta SSSR kubogida ishtirok etdi, ammo birinchi oʻyindayoq magʻlub boʻldi. Ikkinchi ligadan tushib ketganidan soʻng jamoa 1986-yilgacha Oʻzbekiston SSR havaskorlar chempionatida ishtirok etgan.
1987-yilda „Traktor“ Ikkinchi ligaga qaytishga muvaffaq boʻldi va 1989-yilgacha unda oʻynadi. 1990—1991-yilgi mavsumlarda SSSR Ikkinchi quyi ligasida qatnashgan.
Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 1992—2007-yillarda „Traktor“ Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasida oʻynagan.
2007-yilgi mavsumdan soʻng klub futbolchilarning maoshini toʻlay olmay qolgan va Oʻzbekiston PFL „Traktor“ni Oliy ligaga qoʻymaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilib, ikkinchi ligaga yoʻllagan.
Koʻp oʻtmay, futbol klubi rahbariyati moliyaviy qiyinchiliklar tufayli „Traktor“ tarqatib yuborilganini eʼlon qildi.
Yutuqlari
Turkmaniston Prezidenti kubogi 4-oʻrin: 2014
Mustaqil Oʻzbekistonda Kubok finalchisi (2004). Oliy ligada 4-oʻrin (2005). SSSR vaqtlarida Ikkinchi liganing „B“ klassi „Markaziy Osiyo“ zonasi gʻolibi (1969). 3 karra Oʻzbekiston SSR chempioni (1967, 1976, 1986). Oʻzbekiston SSR kubogi sohibi (1975).
Mashhur futbolchilar va murabbiylar Murabbiylar Gennadiy Krasnitskiy Vadim Abramov Ravshan Haydarov Futbolchilar Sergey Bondarenko Vyacheslav Klochkov Stanislav Stadnik Sefer Aliboyev / Timur Xalmuratov / Karlen Abramov / Dmitriy Bashkeyvich / Vadim Afonin / Anton Mayeranov / Nikolay Markov / Nikolay Shirshov // Denis Shulga Vagiz Galiulin Aleksey Evstafeev Aziz Ibragimov Javlon Ibrohimov Anzur Ismoilov Ilhom Moʻminjonov Ibrohim Rahimov Pavel Solomin Ravshan Haydarov Nu’mon Xasanov Aleksandr Xvostunov
Havolalar Информация про ФК «Трактор» Ташкент на сайте wildstat.ru Информация про ФК «Трактор» Ташкент на сайте footballfacts.ru Информация про ФК «Трактор» Ташкент на сайте vfm-elita.com
Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:1968-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Oʻzbekistonda faoliyati tugatilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston SSR futbol klublari Turkum:Toshkent futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi jamoalari