UEFA Chempionlar Ligasi – Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) tomonidan Yevropaning yuqori divizion klublari oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan xalqaro futbol turniri.

Yevropaning eng nufuzli klublari futbol turniri. 1955/56-yilgi ilk mavsumdan to 1991/92-yilgi mavsumgacha u Yevropa chempion klublari kubogi deb nomlangan. 1991/92-yilgi mavsumda turnir formatihttp://soccer-stat.ru/indexlch3.html oʻzgartirildi va 1/8 finaldan keyin guruh turnirlari oʻtkazildi. Keyin madhiya va gerb paydo boʻldi. 1992/93-yilgi mavsumdan boshlab turnir hozirgi nomini oldi.

Turnirda 22 ta klub gʻolib boʻlgan boʻlsa, ulardan 12 tasi bir necha bor gʻalaba qozongan. Ispaniya klublari turnirda 19 ta gʻalabaga erishgan. Gʻolib boʻlgan unvonlar soni boʻyicha rekordchi „Real Madrid“ boʻlib, u turnirda 14 marta gʻalaba qozongan. 1992-yilda turnir nomi va formati oʻzgarganidan soʻng, ketma-ket uch mavsum (2015/2016, 2016/2017, 2017/2018) Chempionlar Ligasida faqat „Real Madrid“ gʻalaba qozona oldi. „Real Madrid“ turnir formati oʻzgargandan keyin eng koʻp 8 marta Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan klub boʻlib turibdi.

Tarix

Yevropa kubogi 1955-yilda fransuz sport jurnalisti va L'Équipe muharriri Gabriel Hanot taklifi bilan tashkil etilgan. Qitʼa miqyosidagi futbol turniri gʻoyasi Angliya matbuotida 1954-yilning kuzida „Spartak“ va „Xonved“ni magʻlub etgan „Vulverxempton“ dunyoning eng kuchli klubi ekanligi haqidagi bayonotlardan keyin paydo boʻldi. Hanot oʻz gazetasida eng kuchli klubni aniqlash uchun ham uy, ham safar oʻyinlarini oʻz ichiga olgan musobaqa oʻtkazish zarurligini aytdi. Ertasi kuni Hanot musobaqaning mumkin boʻlgan loyihasini eʼlon qildi va 1955-yil yanvar oyida birinchi Yevropa kubogi boʻlib oʻtdi.

1955/56-yilgi Kubokning birinchi turnirda har bir tur ikki oʻyin (uyda va mehmonda) oʻynaldi. 1992-yilga qadar qur’a tashlashda mamlakat chempionlari va yevrokuboklarning soʻnggi gʻolibi ishtirok etgan. 1991/92-yilgi mavsumdan boshlab, turnir formati guruh bosqichini oʻz ichiga olgan holda oʻzgartirildi va keyingi yili turnir Chempionlar ligasi nomini oldi. Shundan soʻng saralash bosqichlari soni, guruhlar tarkibiga bir qancha oʻzgarishlar kiritildi. 1997/98-yilgi mavsumda bir qator mamlakatlarda (UEFA koeffitsientlari jadvali boʻyicha) ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar turnirda qatnasha boshladi. Saralash bosqichi tizimi qayta ishlab chiqilgan boʻlib, past koeffitsientga ega boʻlgan mamlakatlar chempionlari guruh bosqichi boshlanishidan oldin bir yoki bir nechta saralash bosqichida, yuqori koeffitsientga ega boʻlgan davlatlar jamoalari esa keyinroq ishtirok etishi mumkin. Ayni damda Chempionlar Ligasida eng yuqori koeffitsientga ega mamlakatlar toʻrtta klub bilan ishtirok etmoqda.

Bosqichlari Turnir bir necha bosqichdan iborat boʻlib, toʻrtta saralash bosqichidan boshlanadi. Jamoalar 2 tadan oʻyin oʻtkazishi kerak (uyda va safarda). Ikki uchrashuvning yigʻindisi boʻyicha gʻolib keyingi saralash bosqichiga oʻtadi. Barcha saralash bosqichlaridan oʻtib, jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri kelgan jamoalar bilan birga guruh bosqichiga kirishadi. Qur’a natijalariga koʻra, jamoalar har biri 4 tadan 8 ta guruhga boʻlingan. Guruh bosqichi natijalariga koʻra, dastlabki ikki jamoa pley-offga, guruhda 3-oʻrinni egallagan jamoa esa Yevropa ligasining 1/16 finaliga yoʻl oladi. 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi quyidagicha boʻladi:

Bitta mamlakat (assotsiatsiya) vakillari va bir guruhdagi jamoalar oʻzaro oʻynamasligi kerak. Guruh gʻoliblari ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar bilan oʻynaydi. Birinchi oʻrinlar ilk uchrashuvlarini mehmonda oʻtkazishadi. Jamoalar har biri 2 tadan oʻyin oʻtkazadi, natijada 1/4 finalga kim chiqishi aniq boʻladi. Ushbu bosqichdagi qur’a hech qanday cheklovlarni nazarda tutmaydi. Chorak finaldan keyin yarim final, keyin esa neytral stadionda bitta oʻyindan iborat final oʻtkaziladi. Stadion UEFA komissiyasi tomonidan ariza topshirgan arizachilar orasidan oldindan tanlab olinadi. U UEFAning 5 yulduzli reytingiga ega boʻlgan barcha kerakli talablarga javob berishi kerak.

2020/21 yilgi mavsumdan boshlab UEFA klublarga quyidagi mukofotlarni toʻlaydi:https://ru.uefa.com/insideuefa/about-uefa/news/0262-108d5dd4647b-964fac5ab87a-1000--sxema-raspredeleniya-doxodov-v-evrokubkax-2020-21 Dastlabki bosqich: €230 000 Birinchi saralash bosqichi: €280 000 Ikkinchi saralash bosqichi: €380 000 Uchinchi saralash bosqichi: €480 000 Guruh bosqichidagi toʻlov: €1 525 000 Guruh bosqichidagi gʻalaba: €2 700 000 Guruh bosqichidagi durang: €900 000 Pley-offning birinchi bosqichi (1/8 final): €9 500 000 Chorak final: €10 500 000 Yarim final: €12 000 000 Finalda yutqazgan jamoa: 15 000 000 evro Yakuniy gʻolib: €19 000 000

Turnir homiylari Liga tashkil etilayotgan vaqtda turnir homiylari 8 tadan ortiq kompaniya boʻlishi mumkin emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Shartnoma shartlariga koʻra, bu kompaniyalar maydon perimetri boʻylab 4 ta bilbord, har bir oʻyin uchun maʼlum miqdordagi chiptalar hamda oʻyindan oldingi va oʻyindan keyingi intervyularda kompaniya logotiplarining bannerlarda koʻrsatish huquqini oladi. Shuningdek, ushbu kompaniyalar Liga oʻyinlarioʻtkazilayotgan vaqtda reklama berish huquqiga ham ega.

Hozir Chempionlar ligasining rasmiy homiylari:

Nissanhttp://www.eurosport.ru/football/champions-league/2013-2014/story_sto4206404.shtml PlayStation Lay’s Santander MasterCard Expedia Heinekenhttps://www.svoboda.org/a/24187358.html Adidas kichik homiy hisoblanadi va oʻyin uchun rasmiy toʻpni yetkazib beradi. 2019/20-yilgi mavsumdan boshlab Italiyaning Macron sport brendi hakamlar formasini yetkazib bermoqda. Hublot, shuningdek, tanlovning toʻrtinchi rasmiy hamkori sifatida ikkinchi darajali homiy hisoblanadi.

Agar klublar homiylikning tegishli toifasi cheklangan (masalan, Fransiyada alkogol reklamasini taqiqlash) mamlakatda oʻyin oʻtkazsalar, bu logotipni futbolkalaridan olib tashlashlari kerak. Masalan, Reynjers 1996/97-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi va UEFA Kubogida mos ravishda Fransiyaning Oser va Strasburg klublari bilan oʻynaganida, Reynjers futbolchilari „MkEvans Lager“ oʻrniga „Center Parcs“ logotipini kiyib yurishgan (oʻsha paytda ikkala kompaniya ham Shotlandiyaning shoʻba korxonalari edi).

2001-2002- yilgi mavsum

2001–2002-yillardagi UEFA Chempionlar Ligasi turnirning 47-mavsumi, UEFA klublar oʻrtasidagi asosiy futbol musobaqasi va Yevropa chempion klublari kubogi yoki Yevropa kubogi nomidan oʻzgartirilganidan beri 10-mavsum boʻldi. Turnirda Real Madrid gʻolib boʻldi, u finalda Bayerni magʻlub etib, toʻqqizinchi Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi. Finaldagi gʻalaba golini Zinedin Zidan chap oyogʻi bilan jarima maydonchasi chetidan yuqori chap burchakka tepib kiritdi. Bayer finalga yoʻl olgan uchta ingliz jamoasini magʻlub etdi: Arsenal ikkinchi guruh bosqichida, Liverpul chorak finalda va Manchester Yunayted yarim finalda. Manchester Yunayted hujumchisi Rud van Nistelroy guruh bosqichining birinchi bosqichidan yarim finalgacha boʻlgan oʻyingacha 10 ta gol bilan turnir toʻpurari boʻldi. Bavariya amaldagi chempion sifatida turnirga tashrif buyurgan, ammo chorak finalda yakunda gʻolib boʻlgan Real Madrid tomonidan magʻlub etilgan edi.

Assotsiatsiya jamoalari reytingi

2001-2002-yillardagi Chempionlar ligasida 51 ta UEFA assotsiatsiyasidan 48 ta assotsiatsiya vakillari ishtirok etgan ulardan jami 72 ta jamoa qatnashgan. Futbol assosiasiyalari reytingi va shunga mos ravishda 2001/2002-yilgi Chempionlar ligasidagi oʻrinlarni mamlakatlar oʻrtasida taqsimlash UEFA koeffitsientlari jadvali asosida tuzilgan boʻlib, bu qur’a uchun klublarning Yevropaning rasmiy klublaridagi 1995/1996-yilgi mavsumdan 1999/2000-yilgi mavsumgacha boʻlgan musobaqalar oʻyinlari natijalari hisobga olingan. Lixtenshteyn (oʻz ligasi yoʻq), shuningdek, eng past reytingli uyushmalarga (Andorra va San-Marino) ruxsat berilmagan. Quyida 2001–2002-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi saralash sxemasi keltirilganhttps://kassiesa.net/uefa/history/qual2001.html:

1–3-oʻrinlar assotsiatsiyalarning har birida toʻrttadan jamoa bor. 4–6-oʻrinlar assotsiatsiyalarning har birida uchtadan jamoa bor. 7–15-oʻrinlar assotsiatsiyalarning har birida ikkitadan jamoa bor. 16–49-oʻrinlar assotsiatsiyalarda bittadan jamoa bor (Lixtenshteyndan tashqari)http://www.xs4all.nl/~kassiesa/bert/uefa/data/method2/crank2000.html

OʻrinAssotsatsiyaKoeff.Jamoa1 Ispaniya59.59942 Italiya55.9273 Germaniya46.4034 Fransya42.72735 Angliya41.4556 Gollandiya36.6667 Rossiya29.27528 CHexiya Respublikasu29.1249 Gretsiya28.86610 Portugaliya24.54911 Turkiya23.85012 Ukraina23.16613 Norvegiya22.10014 Shveysariya21.00015 Shotlandiya20.50016 Avstriya20.500117 Belgiya19.050OʻrinAssotsatsiyaKoeff.Jamoa18 Daniya18.175119 Polsha18.00020 Ruminya17.83321 Xorvatiya16.12422 Shvetsiya15.53323 Vengriya15.41624 Isroil13.54125 Slovakiya12.83226 Sloveniya11.83127 Misr11.49828 Yugoslavia FR11.41529 Bolgariya10.54030 Gruziya9.66631 Latviya8.33232 Finlandiya8.04133 Belorussiya7.58334 Maldova6.333OʻrinAssotsatsiyaKoeff.Jamoa35 Islandiya6.332136 Makedoniya5.08137 Litva4.66538 Estoniya2.58239 Uels2.33240 Armaniston2.24941 Irlandiya1.66542 Malta1.49843 Shimoliy Irlandiya1.49844 Farrer orollari1.41545 Lyuksemburg1.33246 Ozarbayjon1.24947 Lixtenshteyn1.000048 Albaniya0.832149 Bpsniya va Gersogovina0.50050 Andorra0.000051 San-Marino0.000

Ishtirokchilar

2001/02-yilgi Chempionlar ligasida 48 ta UEFA assotsiatsiyasidan 72 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir assotsiatsiya 1999/2000-ilgi Yeopa kubogi mavsumidan keyin koeffitsientga muvofiq qur’a tashlashda ishtirok etish uchun maʼlum miqdordagi jamoalarni taqdim etish huquqiga ega edi

1-dan 3-oʻringacha boʻlgan uyushmalar (Ispaniya, Italiya va Germaniya): 4 ta jamoa 4-6-oʻrindagi uyushmalar (Fransiya, Angliya va Gollandiya): 3 ta jamoa 7 dan 15 gacha boʻlgan uyushmalar: 2 ta jamoa 16 dan 49 gacha boʻlgan uyushmalar: 1 ta jamoa Birinchi saralash bosqichi

20 ta assotsiatsiya chempionlari 29-dan 49-oʻringa (Lixtenshteyndan tashqari) Ikkinchi saralash bosqichi

Birinchi saralash bosqichida gʻolib chiqqan 10 ta klub 12 ta assotsiatsiya chempioni 17-28-'rinlar 10-15-assotsiatsiyalarda 6 ta ikkinchi oʻrinni egallagan klublar Uchinchi saralash bosqichi

Ikkinchi saralash bosqichida gʻolib chiqqan 14 ta klub 6 ta assotsiatsiya chempioni 11-16-oʻrinlar 7-9-assotsiatsiyalarda 3 ta ikkinchi oʻrinni egallagan klublar 1-6-assotasiyalarda uchinchi oʻrinni egallagan 6 ta klub 1-3-assotsiatsiyalarda toʻrtinchi oʻrinni egallagan 3 ta klub Birinchi guruh bosqichi

Uchinchi saralash bosqichida gʻolib chiqqan 16 ta klub 10 ta assotsiatsiya chempionlari 1-10-oʻrinlar, shu jumladan turnirning amaldagi gʻolibi 1-6-assotsiatsiyalarda 6 ta ikkinchi oʻrinni egallagan klublar Ikkinchi guruh bosqichi

Birinchi guruh bosqichida birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan 16 jamoa pley off

Ikkinchi guruh bosqichida birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan 8 ta jamoa

Ishtirokchi jamoalar roʻyhati

Guruh bosqichi Real Madrid Bayern Munich TH Manchester United Spartak Moscow Deportivo de La Coruña Schalke 04 Arsenal Sparta Prague Roma Nantes PSV Eindhoven Olympiacos Juventus Lyon Feyenoord Boavista Uchinchi saralash bosqichi Mallorca Bayer Leverkusen Slavia Prague Rosenborg Barcelona Lille Panathinaikos Grasshopper Lazio Liverpool Fenerbahçe Celtic Parma Ajax Dynamo Kyiv Tirol Innsbruck Borussia Dortmund Lokomotiv Moscow Ikkinchi saralash bosqichi Porto Rangers Hajduk Split Inter Bratislava Galatasaray Anderlecht Halmstad Maribor Shakhtar Donetsk Copenhagen Ferencváros Omonia Brann Wisła Kraków Maccabi Haifa [Red Star Belgrade Lugano Steaua București Birinchi saralash bosqichi Levski Sofia Sheriff Tiraspol Barry Town VB Vágur Torpedo Kutaisi KR Reykjavík Araks Ararat [F91 Dudelange Skonto Sloga Jugomagnat Bohemians Shamkir Haka FBK Kaunas Valletta Vllaznia Shkodër Slavia Mozyr Levadia Maardu Linfield Željezničar Sarajevo

Kvalifikatsiya

Birinchi kvalifikatsion bosqich

Ikkinchi kvalifikatsion bosqich