Nokia 5310 (indeks TA-1212, kod belgisi "Pisces") - bu 2020-yilning bahorida Nokia brendi ostida Finlandiyaning HMD Global kompaniyasi tomonidan chiqarilgan uyali aloqa telefoni. U 2007-yilda ishlab chiqarilgan afsonaviy Nokia 5310 XpressMusicning qyangi ko'rinishi hisoblanadi. Avvalgi talqindan farqli o'laroq, yangi 5310 "XpressMusic" brendiga ega emas.
Telefon jahon bozorida chiqishi bilan turlicha qabul qilindi. Jurnalistlar yorqin ekran, yaxshi korpus materiallari va qulay klaviatura, shuningdek, baland ovozli dinamiklar va yuqori sifatli ovozni yuqori baholadilar, biroq nisbatan yuqori narx va avvalgisiga nisbatan sezilarli o'zgarishlar yoʻqligi tanqidga sabab boʻldi.
Tarixi Nokia 5310 XpressMusic mobil telefoni 2007-yil 27-avgustda taqdim etilgan. XpressMusic musiqiy turkumiga kiruvchi gadjet musiqa ijro etish uchun qoʻshimcha tugmalar bilan jihozlangan boʻlib, ular ekran yaqinidagi qirrali yon chetiga joylashtirilgan. Bundan tashqari, u 1 sm dan yupqa boʻlgan kam sonli telefonlardan biri va eng yengil (71 gramm) Nokia telefonlaridan biri edi. Mobil telefon Series 40 operatsion tizimida ishlagan va Java-appletlarini ishga tushirishni qo'llab-quvvatlagan, Bluetooth va FM radiosi ham mavjud edi
Nokia 5310 XpressMusic mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. U 2012-yilgacha ishlab chiqarilgan bo'lib, o'z davrida katta shuhrat qozongan (10 million nusxadan ortiq sotilgan)
Yangi talqinda ishlab chiqish 2017-yildan buyon Microsoft Mobile’ni sotib olgan va Nokia brendiga boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritgan HMD Global kompaniyasi norasmiy umumiy nomi Nokia Originals boʻlgan mashhur Nokia telefonlarining zamonaviy talqinlarini ishlab chiqarmoqda. 5310 modeli 2020-yilda qayta tiklanishi mumkinligi haqidagi taxminlar bu haqda rasmiy ma'lumotlar paydo bo'lishidan oldin ham tahlilchilar tomonidan bildirilgan edi
2020-yil fevral oyi oʻrtalarida TENAA maʼlumotlar bazasida Nokia TA-1212Nokia TA-1212 в базе данных TENAA deb belgilangan uyali telefon sertifikati haqidagi xabar paydo boʻldi. Qurilmaning texnik xususiyatlari va fotosuratlaridan Nokia 5310 ning qayta tiklangan talqinini chiqishi va bu qurilma KaiOS yoki Android tizimidagi yarim smartfon emas, balki "oddiy" tugmachali telefon bo'lishi kerak edi. Ushbu habarlar 18-mart kuni yangilik rasman taqdim etilganida tasdiqlandi.
Qurilmalardagi farq Nokia 5310 XpressMusic (2007)Nokia 5310 (2020)TizimSeries 40 3rd edition, JavaSeries 30+ekran2.1" TN 240x320, 190 ppi, 16М rang, yoruqlik dachtchigi2.4" TN 240x320, 167 ppi, 16М rangOperativ xotira32 MB8 MBO'rnatilgan xotira30 MB, MicroSD 32 GBgacha16 МБ, MicroSD 32 GBgachaProsessorNoma'lum (ARM9), 230 MGsMediaTek MT6260A, 360 MgsKirish nuqtalariMicroUSB (ma'lumot almashish), 2 mm Nokia DC (quvvatlagich), 3.5 mm audioMicroUSB (ma'lumot almashish va quvvatlagich), 3.5 mm audioTarmoqGSM 850/1800/1900 (Amerika), GSM 900/1800/1900 (Evroosiyo), HSCSDGSM 900/1800UlanishBluetooth 2.0 A2DPBluetooth 3.1 A2DPKamera2 MP, qiroqsiz0.3 MP, chiroq bilanAkkumulyator860 mAs, Li-Ion, BL-4CT1200 mAs, Li-Ion, BL-4ULO'lchamlari103.8х44.7х9.9123.7х52.4х13.1vazni71 g88.2 gRanglari Korpus asosan: oq, kulrang, qora Yon qo'shimchalar: qizil, pushti, binafsha, ko'k, to'q sariq, kulrang, qoraOq-qizil, qora-qizilBoshlang'ich narx230 yevro39 yevroBoshqa farqlarMicroUSB va 3,5 mm ulagichlar pastdan yuqoriga ko'chirildi. Ovoz balandligi tugmalari bloklari va musiqa boshqaruvi qarama-qarshi tomonlarga o'rnatildi. Tasma qo'shimchasi olib tashlangan. Stereo dinamiklar qo'chilgan.
Manbalar