Oltin toʻp () — 1956-yildan beri Fransiyaning France Football yangiliklar jurnali tomonidan taqdim etilayotgan yillik futbol mukofoti. 2010- va 2015-yillar oraligʻida FIFA bilan kelishuvga koʻra, mukofot vaqtincha FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi (1991-yilda tashkil etilgan) bilan birlashtirildi va FIFA Oltin toʻp nomi bilan tanildi. Bu hamkorlik 2016-yilda yakuniga yetdi va mukofot „Oltin toʻp“ga qaytarildi, FIFA ham o‘zining alohida yillik mukofoti „Eng yaxshi FIFA erkak futbolchisi“ ga qaytdi. FIFAning qoʻshma „Oltin toʻp“ sovrindorlari har ikki mukofot tashkiloti tomonidan ham gʻolib deb hisoblanadihttps://www.cambridge.org/core/journals/perspectives-on-politics/article/abs/messi-ronaldo-and-the-politics-of-celebrity-elections-voting-for-the-best-soccer-player-in-the-world/36CB5CB44D4C06866305408163A49290https://www.sportbible.com/football/ballon-dor-votes-lionel-messi-cristiano-ronaldo-665271-20230302?source=facebook&fbclid=IwAR3LI1jGmPSn6t7ceIM-ql4o5eV5meCTB5dcbvPMeTArHAGJnDHlIuzPR_Y.

Sport yozuvchilari Gabriel Xano va Jak Ferranlar tomonidan ishlab chiqilgan „Oltin toʻp“ mukofoti 1956-yildan 2006-yilgacha futbol jurnalistlari tomonidan oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra oʻtgan yil davomida eng yaxshi oʻyin koʻrsatgan deb topilgan erkak futbolchiga berilardi. 2007-yildan keyin terma jamoalar murabbiylari va sardorlariga ham ovoz berish huquqi berildi. Dastlab, u faqat Yevropalik futbolchilarga topshirilgan va "Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi" mukofoti sifatida tanilgan. 1995-yilda „Oltin to‘p“ Yevropa klublarida faoliyat yuritayotgan, kelib chiqishi har qanday davlatdan boʻlgan barcha futbolchilarni qamrab olish uchun kengaytiriladi. Mukofot 2007-yilda global mukofotga aylandi, unga koʻra butun dunyodagi barcha professional futbolchilar ishtirok etishlari mumkin edi.

Tarix Angliyalik Stanley Matthews „Oltin to‘p“ning ilk g‘olibi bo‘ladi. 2007-yilgacha bu mukofot odatda ingliz tilida va koʻplab xalqaro ommaviy axborot vositalarida kontinental Yevropaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sifatida tanilgan. 2007-yildan keyin ham u FIFAning Jahon oʻyinchisi mukofoti bilan birlashtirilgunga qadar, kelib chiqishi Yevropa mukofoti boʻlgani uchun odatda shu nom bilan tanilgan va shu nom bilan atalgan. Liberiyalik George Weah, yagona afrikalik sovrindor, 1995-yilda mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi yevropalik boʻlmagan kishi boʻldi, yaʼni tanlov qoidalari birinchi marta oʻzgartirilgan yili bu hodisa sodir boʻldi. Braziliyalik Ronaldo ikki yildan so‘ng, mukofotning birinchi Janubiy Amerikalik g‘olibiga aylandi. 2007-yilda barcha qitʼalardagi oʻyinchilarni oʻz ichiga olgan ikkinchi qoida oʻzgarishi yangi gʻoliblarni keltirmadi, chunki oʻshandan beri barcha gʻoliblar oʻzlarining gʻalabalari davomida faqat Yevropada faoliyatda boʻlishdi.

Lionel Messi bu sovrinni rekord 8 marta qoʻlga kiritgan boʻlsa, uni 5 marta qoʻlga kiritgan Cristiano Ronaldo bu borada ikkinchi oʻrinda. Uch nafar futbolchilar bu sovrinni uch martadan qoʻlga kiritishgan: Johan Cruyff, Michel Platini va Marko van Basten. Har biri (davlat sifatida) yettitadab sovringa ega bo‘lgan holda, eng ko‘p „Oltin to‘p“ni Gollandiyalik, Germaniyalik, Argentinalik va Portugaliyalik futbolchilar qo‘lga kiritishgan. Germaniya (1972, 1981-yillarda) va Gollandiya (1988-yilda) futbolchilari bir davlatdan boʻla turib bir yil ichida uchta yuqori oʻrinni egallagan yagona oʻyinchilar boʻlishadi. Germaniya (1972) va ayniqsa Italiya klublari (1988-1990) ham yuqoridagi kabi muvaffaqiyatga erishadilar, shu jumladan ikki yil (1988, 1989) kuchli uchlik noyob rekord tariqasida faqat "Milan" oʻyinchilaridan tashkil topgan edi. 2009-2012 va 2015-2016-yillarda Ispaniya klublari oldin kuzatilmagan mutloq ustunlikka erishishadi. "Barselona" (2010) esa uchta eng yaxshi oʻyinchiga ega ikkinchi klub (Milandan keyingi) boʻladi. Ikkita ispan klubi, „Barselona“ va "Real Madrid" ham eng koʻp gʻoliblarni qoʻlga kiritish boʻyicha mos ravishda oʻn ikki va oʻn bir gʻalaba bilan klublar reytingida yetakchilik qilishmoqda.

2010- va 2015-yillar oraligʻida (ushbu yillar ham kiradi) mukofot oʻziga oʻxshash „FIFA Jahonning eng yaxshi oʻyinchisi“ mukofoti bilan birlashtiriladi va „FIFA Oltin toʻp“ ga aylanadi. Shundan soʻng esa, FIFA va France Football nashri birlashish haqidagi shartnomani toʻxtatishadi. 2011-yildan keyin, UEFA Yevropaning eng yaxshi futbolchisi uchun „Oltin to‘p“ anʼanasini saqlab qolish maqsadida „UEFA Yevropaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti“ni yaratadi.

Sakkiz nafar futbolchi (Bobbi Charlton, Franz Beckenbauer, Gerd Myuller, Paolo Rossi, Zinedin Zidan, Rivaldo, Ronaldinho va Kaka) o‘z faoliyatlari davomida FIFA Jahon chempionati, Yevropa kubogi / UEFA Chempionlar Ligasi va „Oltin to‘p“ni qo‘lga kiritishgan.

Mukofot soʻnggi oʻn yilliklarda hujumkor oʻyinchilar foydasiga qarama-qarshilikni koʻrsatadi. Vaqt oʻtishi bilan mukofot liga va klublarning yanada eksklyuziv (cheklangan liga va klublarga) toʻplamiga oʻtadi. 1995-yilgacha 10 ta liga Oltin toʻpni gʻoliblar bilan taʼminlab kelgan boʻlsa, 1995-yildan buyon faqatgina Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya mukofotni gʻoliblar bilan taʼminlamoqda. Ispaniya La Ligasi eng ko‘p „Oltin to‘p“ sohiblariga ega. „Barselona“ va „Real Madrid“ 1995-yildan beri „Oltin toʻp“ni eng koʻp gʻoliblar bilan taʼminlamoqda.

2020-yilda France Footballning egasi hisoblangan L'Équipe guruhi butun dunyo boʻylab futbol klublarining mavsumlarini qisqartirgan COVID-19 pandemiyasi tufayli ushbu yil uchun mukofot berilmasligiga qaror qiladi.

Gʻoliblar + Kalit ‡ Bu „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritgan oʻyinchi oʻsha yili FIFAning „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“ sovrinini yoki FIFAning eng yaxshi erkak futbolchisi mukofoti ni ham qoʻlga kiritganini koʻrsatadi(1991-2009 yillarda va 2016-yildan buyon mavjud) thumb|Lionel Messi yettita sovrin bilan tarixda eng ko‘p „Oltin to‘p“ni qo‘lga kiritgan.

thumb|Lev Yashin sovrinni qoʻlga kiritgan yagona darvozabondir.

+ OLTIN TOʻP (1956-2009) Yil Oʻrin Oʻyinchi Jamoasi Ballari 1956 1 Stanley Matthews Blackpool 47 2 Alfredo Di Stéfano Real Madrid 44 3 Raymond Kopa Real Madrid 33 1957 1 Alfredo Di Stéfano Real Madrid 72 2 Billy Wright Wolverhampton Wanderers 19 3 Duncan Edwards Manchester United 16 Raymond Kopa Real Madrid1958 1 Raymond Kopa Real Madrid 71 2 Helmut Rahn Rot-Weiss Essen 40 3 Just Fontaine Reims 23 1959 1 Alfredo Di Stéfano Real Madrid 80 2 Raymond Kopa Reims 42 3 John Charles Juventus 241960 1 Luis Suárez Barcelona 54 2 Ferenc Puskás Real Madrid 37 3 Uwe Seeler Hamburger SV 331961 1 Omar Sívori Juventus 46 2 Luis Suárez Internazionale 40 3 Johnny Haynes Fulham 22 1962 1Josef MasopustDukla Prague65 2 Eusébio Benfica 53 3 Karl-Heinz Schnellinger 1. FC Köln 331963 1Lev YashinDynamo Moscow73 2 Gianni Rivera Milan 55 3 Jimmy Greaves Tottenham Hotspur 501964 1Denis LawManchester United61 2 Luis Suárez Internazionale 43 3 Amancio Real Madrid 38 1965 1EusébioBenfica67 2 Giacinto Facchetti Internazionale 59 3 Luis Suárez Internazionale 451966 1Bobby CharltonManchester United81 2 Eusébio Benfica 80 3 Franz Beckenbauer Bayern Munich 591967 1Flórián AlbertFerencváros68 2 Bobby Charlton Manchester United 40 3 Jimmy Johnstone Celtic 39 1968 1George BestManchester United61 2 Bobby Charlton Manchester United 53 3 Dragan Džajić Red Star Belgrade 461969 1 Gianni Rivera Milan 83 2 Gigi Riva Cagliari 79 3 Gerd Müller Bayern Munich 381970 1 Gerd Müller Bayern Munich 77 2 Bobby Moore West Ham United 70 3 Gigi Riva Cagliari 65 1971 1 Johan Cruyff Ajax 116 2 Sandro Mazzola Internazionale 57 3 George Best Manchester United 561972 1 Franz Beckenbauer Bayern Munich 81 2 Gerd Müller Bayern Munich 793 Günter Netzer Borussia Mönchengladbach1973 1 Johan Cruyff Barcelona 96 2 Dino Zoff Juventus 47 3 Gerd Müller Bayern Munich 44 1974 1 Johan Cruyff Barcelona 116 2 Franz Beckenbauer Bayern Munich 105 3 Kazimierz Deyna Legia Warsaw 351975 1 Oleg Blokhin Dynamo Kyiv 122 2 Franz Beckenbauer Bayern Munich 42 3 Johan Cruyff Barcelona 27 1976 1 Franz Beckenbauer Bayern Munich 91 2 Rob Rensenbrink Anderlecht 75 3 Ivo Viktor Dukla Prague 52 1977 1 Allan Simonsen Borussia Mönchengladbach 74 2 Kevin Keegan Hamburger SV 71 3 Michel Platini Nancy 70 1978 1 Kevin Keegan Hamburger SV 87 2 Hans Krankl Barcelona 81 3 Rob Rensenbrink Anderlecht 50 1979 1 Kevin Keegan Hamburger SV 118 2 Karl-Heinz Rummenigge Bayern Munich 52 3 Ruud Krol Ajax 41 1980 1 Karl-Heinz Rummenigge Bayern Munich 122 2 Bernd Schuster Barcelona 34 3 Michel Platini Saint-Étienne 33 1981 1 Karl-Heinz Rummenigge Bayern Munich 106 2 Paul Breitner Bayern Munich 64 3 Bernd Schuster Barcelona 39 1982 1 Paolo Rossi Juventus 115 2 Alain Giresse Girondins de Bordeaux 64 3 Zbigniew Boniek Juventus 39 1983 1 Michel Platini Juventus 110 2 Kenny Dalglish Liverpool 26 3 Allan Simonsen Vejle BK 25 1984 1 Michel Platini Juventus 110 2 Jean Tigana Girondins de Bordeaux 57 3 Preben Elkjær Hellas Verona 48 1985 1 Michel Platini Juventus 127 2 Preben Elkjær Hellas Verona 71 3 Bernd Schuster Barcelona 46 1986 1 Igor Belanov Dynamo Kyiv 84 2 Gary Lineker Barcelona 62 3 Emilio Butragueño Real Madrid 59 1987 1 Ruud Gullit Milan 106 2 Paulo Futre Atlético Madrid 91 3 Emilio Butragueño Real Madrid 61 1988 1 Marco van Basten Milan 129 2 Ruud Gullit Milan 88 3 Frank Rijkaard Milan 45 1989 1 Marco van Basten Milan 129 2 Franco Baresi Milan 80 3 Frank Rijkaard Milan 43 1990 1 Lothar Matthäus Internazionale 137 2 Salvatore Schillaci Juventus 84 3 Andreas Brehme Internazionale 68 1991 1 Jean-Pierre Papin Marseille 141 2 Dejan Savićević Red Star Belgrade 42 Darko Pančev Red Star Belgrade Lothar Matthäus Internazionale 1992 1 Marco van Basten ‡ Milan 98 2 Hristo Stoichkov Barcelona 80 3 Dennis Bergkamp Ajax 53 1993 1 Roberto Baggio ‡ Juventus 142 2 Dennis Bergkamp Internazionale 83 3 Eric Cantona Manchester United 34 1994 1 Hristo Stoichkov Barcelona 210 2 Roberto Baggio Juventus 136 3 Paolo Maldini Milan 109 1995 1 George Weah ‡ Milan 144 2 Jürgen Klinsmann Bayern Munich 108 3 Jari Litmanen Ajax 67 1996 1 Matthias Sammer Borussia Dortmund 144 2 Ronaldo Barcelona 143 3 Alan Shearer Newcastle United 107 1997 1 Ronaldo ‡ Internazionale 222 2 Predrag Mijatović Real Madrid 68 3 Zinedine Zidane Juventus 63 1998 1 Zinedine Zidane ‡ Juventus 244 2 Davor Šuker Real Madrid 68 3 Ronaldo Internazionale 66 1999 1 Rivaldo ‡ Barcelona 219 2 David Beckham Manchester United 154 3 Andriy Shevchenko Milan 64 2000 1 Luís Figo Real Madrid 197 2 Zinedine Zidane Juventus 181 3 Andriy Shevchenko Milan 85 2001 1 Michael Owen Liverpool 176 2 Raúl Real Madrid 140 3 Oliver Kahn Bayern Munich 114 2002 1 Ronaldo ‡ Real Madrid 169 2 Roberto Carlos Real Madrid 145 3 Oliver Kahn Bayern Munich 110 2003 1 Pavel Nedvěd Juventus 190 2 Thierry Henry Arsenal 128 3 Paolo Maldini Milan 123 2004 1 Andriy Shevchenko Milan 1752DecoBarcelona1393RonaldinhoBarcelona1332005 1Ronaldinho ‡Barcelona2252Frank LampardChelsea1483Steven GerrardLiverpool1422006 1Fabio Cannavaro ‡Real Madrid1732Gianluigi BuffonJuventus1243Thierry HenryArsenal1212007 1Kaká ‡Milan4442Cristiano RonaldoManchester United2773Lionel MessiBarcelona2552008 1Cristiano Ronaldo ‡Manchester United4462Lionel MessiBarcelona2813Fernando TorresLiverpool1792009 1Lionel Messi ‡Barcelona4732Cristiano RonaldoReal Madrid2333XaviBarcelona170