thumb| Yodgorlikning orqa tomoni thumb| Oyoqdagi izlar Xolokost qurbonlari yodgorligi — Donetsk da Xolokost xotirasiga ornatilgan. Yodgorlik Donetskning ilgari Oq karyer deb atalgan Leninskiy tumani hududida joylashgan. Ulugʻ Vatan urushi davrida Oq karyer hududida yahudiy gettosi tashkil etilgan va unda 3 ming yahudiy oilasi saqlangan. Ularning barchasi natsistlar tomonidan oʻldirilgan.
Yodgorlik mualliflari — haykaltarosh Yuriy Ivanovich Baldin va meʼmor Pavel Isaakovich Vigdergauzlardir.
Yodgorlikning old tomonida menora tasviri bor va unda quyidagi yozuvni oʻqish mumkin:
Yodgorlikning orqa tomonida Dovud yulduzi oʻyilgan va quyidagi yozuvlar tushirilgan:
Yodgorlikka turli oʻlchamdagi yalongʻoch va poyabzal kiygan inson izlari yetaklaydi.
Yodgorlikning ochilishi 2006-yil 22-dekabrga rejalashtirilgan edi, ammo 19-dan 20-dekabrga oʻtar kechasi yodgorlik tahqirlandi — unga svastika chizib ketildi. Shu tufayli ochilish marosimi qoldirildi va 2006-yil 26-dekabrda boʻlib oʻtdi.
Yodgorlikni yaratish tashabbusini „Ukraina-Isroil“ jamiyati ilgari surgan. Yodgorlikni qurish uchun mablagʻ xayriya hisobidan yigʻilgan. Xayriya qilganlar orasida „Xesed-Tsedaka“ xayriya jamgʻarmasi, Donetsk shahar yahudiylar jamoasi, A. N. Rizhenkov, A. S. Zotov, A. I. Sosis, G. Ye. Kudenko, D. S. Kroll, G. V. Seroshtan, A. Z. Gluxov va boshqalar bor edi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Donetskdagi Ulug ' Vatan urushi yodgorliklari Turkum: Holokost qurbonlari yodgorliklari Turkum: 2006-yilda qurilgan bino va inshootlar Turkum:Ukraina Holokost Turkum: Leninskiy tumani (Donetsk)