Ella Ann Toone (1999-yil 2-sentabrda tugʻilgan) - ingliz futbolchisi, FA WSL Manchester United klubi va Angliya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
U ilk bora Manchester City va Blekbern Rovers klublarida oʻynagan bundan tashqari Angliyaning 17 yoshgacha, 19 yoshgacha, 21 yoshgacha hamda terma jamoalarida oʻynagan.
Jamoalardagi faoliyati
Manchester City Toone 2016-yilning yozida Blekbern Rovers dan Manchester City ga kelib qoʻshilgan, u avvalroq Manchester Unitedning yoshlar jamoasida olti yil toʻp surgan. U Milliy ligada Blekbern bilan ikki tomonlama roʻyxatdan oʻtish shartlari bilan oʻynashni davom ettirdi. 2016-yilning iyul oyida u Manchester Citydagi debyutini Qitʼa kubogida Aston Villa ga qarshi oʻyinda (8:0) zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi.
U 2018-yil may oyida FA tomonidan Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasiga toʻrt kishi bilan bir qatorda nomzod boʻldi, natijada bu mukofot Bet Midga nasib qildi.
Manchester United left|thumb| Toone (oʻrtada) 2019-yilda Manchester Unitedda Brayton va Xouv Albionga qarshi oʻyinda. 2018-yil iyul oyida Toone 2018-19-yilgi mavsumda Angliya ayollar chempionatidagi Manchester Yunayted jamoasiga qoʻshildi, bu klubda yoshlar darajasida oʻynab, kattalar safiga qaytgan yetti nafar futbolchidan biri boʻldi U 19-avgust kuni Liverpul ga qarshi Liga kubogidagi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinning ikkinchi boʻlimida Molli Grinning oʻrniga maydonga tushib Manchester United safida debyut uchrashuvini oʻtkazgan. 9-sentabr kuni u ligadagi debyutida Unitedning 2018-19-yilgi mavsumdagi birinchi oʻyinida Aston Villa mehmoni boʻlib, 12:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. U 2019-yil fevral oyining ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, u Unitedning ikki liga oʻyinida beshta gol urdi va shulardan toʻrttasini 13-fevral kuni Lester City darvozasiga kiritdi.
2019-20-yilgi mavsumda Toone Liga kubogi guruh bosqichi oʻyinida beshta gol urdi. Bundan tashqari United tarkibida 2019-yil 21-noyabrda Lester Cityni 11:1 hisobida magʻlub etib, oʻtgan mavsumda Jessika Sigsvort oʻrnatgan klub rekordini takrorladi.
2020-21-yilgi mavsum oldidan Toone yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Toone mavsumni barcha musobaqalarda 10 ta gol bilan Unitedning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi.
2021-yilning 20-noyabrida Toone 2025-yilning iyunigacha yangi shartnoma imzoladi.
Xalqaro karyera
Yoshlar jamoasi Tune 2016-yilda Iordaniyada boʻlib oʻtgan FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Angliya safida oʻynadi.
2017-yilning 17-oktabr kuni Toone 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati saralash bosqichi doirasida Qozogʻistonga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va 9:0 hisobida qozonilgan gʻalabali uchrashuvda ikkita gol urdi. Angliya saralash bosqichida 5 ochko toʻpladi, bu natija bilan Angliya elit-raundda Germaniyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.
2018-yil iyun oyida Toone FIFA U20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasitarkibiga nomzod boʻlgan 35 oʻyinchidan biri edi, biroq jarohati tufayli musobaqda qatnasha olmadi.
Kattalar jamoasi 2020-yil sentabr oyida Toone Sent-Jorjdagi 30 oʻyinchidan iborat yigʻin doirasida oʻzining birinchi kattalar terma jamoasiga chaqiruv oldi. U terma jamoadagi debyutini 2021-yil 23-fevralda ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushdi va Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (6:0) penaltini aniq amalga oshirdi.U 2021-yil 26-oktabr kuni 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Latviyaga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan. 2022-yil iyun oyida Toone UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 uchun terma jamoa roʻyhatiga kiritildi.
Buyuk Britaniya Olimpiadasi 2021-yil may oyida Toone Tokio-2020 Olimpiadasining kechiktirilgan toʻrtta zaxira oʻyinchisidan biri sifatida Buyuk Britaniya jamoasi tarkibiga kiritildi. U 2021-yil iyun oyida ingliz futbolchilari uchun oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlaridan oldingi yigʻinni COVID-19 aniqlanganligi tufayli tark etishga majbur boʻldi. 2021-yilning 1-iyulida XOQ va FIFAning tasdiqlagan roʻyxatlar 18 tadan 22 taga kengaytiriladi, ya’ni toʻrtta zaxira oʻyinchi oʻyin kuni boʻlib oʻtadigan tarkibga kirishi mumkin boʻldi. Toone Chiliga qarshi guruhdagi dastlabki oʻyinda zaxira oʻrindigʻida qldirilidi 2:0 hisobidagi gʻalabaga erishilgan uchrashuvning soʻngi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi.
Shaxsiy hayoti Tyldesley shahrida tugʻilgan Toone Fred Longworth oʻrta maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Manchester Unitedda oʻynab, Kechki vaqtda Uigan va Ley kollejida BTEC Level 3 kengaytirilgan sport fanlari kursiga oʻqishni davom ettirgan.
Tune Manchester Unitedning bolalikdan muxlisi, Crishtiano Ronaldo esa uning sevimli futbolchilaridan biri.
Karyera statistikasi
Klub +Mavsumdagi natijalarKlubMavsumLigaFA kubogiLiga kubogiYevropaUmumiyDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBlackburn Rovers2015–16WPL North530032—852016–171510001011—2521Umumiy2013001313003226Manchester City2016WSL 1000010001020172000—00202017–183000300060Umumiy5000400090Manchester United2018–19Championship20143160—29152019–20WSL1310056—1872020–212292130—27102021–222272151—299Umumiy7731731970010341Karyerada umumiy102447336200014567
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyin umumiy Angliya 2021-yil 8 6 2022 5 4 Jami 13 10 Buyuk Britaniya 2021-yil 1 0 Jami 1 0
+Ella Toone tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Cap Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1 Sent-Jorj bogʻi, Burton-apon Trent, AngliyaShimoliy Irlandiya 6–0 6–0 Oʻrtoqlik 2 3 Sent-Meri stadioni, Sautgempton, Angliya Shimoliy Makedoniya 1–0 8–0 2023-yilgi jahon chempionati saralashi 3 6 "Daugava" stadioni, Riga, Latviya Latviya 1–0 10–0 4 2–0 5 6–0 6 8 Keepmoat stadioni, Donkaster, Angliya Latviya 7–0 20–0 7 12 Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya Shimoliy Makedoniya 3–0 10–0 8 9–0 9 10–0 10 13 Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya 2–0 5–0
Yutuqlar
Manchester City
FA WSL kubogi : 2016
Manchester United
Ayollar oʻrtasidagi Angliya chempionati : 2018–19
Angliya
Arnold Klark kubogi : 2022
Angliya U17
17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati uchinchi oʻrin: 2016
Shaxsiy yutuqlar
FA Ayollar Superligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil dekabr FA ayollar chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil fevral Manchester Unitedda yilning eng yaxshi futbolchisi : 2021–22-yilgi mavsum
Manbalar
Havolalar
Manchester United FC veb-sayti Futbol uyushmasi veb-sayti
Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar