Birlashgan millatlar tashkilotining nizomi – tashkilot faoliyatini tartibga soladigan yagona hujjatdir.

Tarixi

1945-yil 26-iyunda San Fransiskoda Birlashgan Millatlar Konferentsiyasining Xalqaro Tashkilot tuzish boʻyicha yakuniy majlisida imzolangan va 1945-yilning 24-oktyabrida kuchga kirgan Xalqaro Sud Statuti ustavning tarkibiy qismi hisoblanadi. ustavning 23,27 va 61-moddalariga tuzatishlar Bosh Assambleya tomonidan 1963-yilning 31-avgustida kuchga kirgan. 1865-yilning 20-dekabrida Bosh Assambleya qabul qilgan 109-moddaga tuzatish 1968-yilning 12-iyunida kuchga kirdi. Ustavning 23-moddasiga tuzatish Xavfsizlik Kengashi aʼzolari sonini oʻn bittadan oʻn beshtaga oshirdi. Tuzatilgan 27-modda Xavfsizlik Kengashining tartobot masalalari boʻyicha qarorlari ularga toʻqqiz aʼzo (ilgari – yettita) ovoz bergan boʻlsa va boshqa barcha masalalar boʻyicha esa Xavfsizlik Kengashi doimiy aʼzolarining beshta bir xil ovozinin ham hisobga olgandagi toʻqqiz ovozi (ilgari – yettita) berilgan boʻlsa, qabul qilingan, deb hisoblanishinin koʻzda tutgan. 61-modda tuzatish Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash aʼzolarisoninin oʻn sakkiztadan yigirma ettitaga oshirdi. 1973-yil 24-sentyabrda kuchga kirgan ushbu moddaga tuzatish Kengash aʼzolari sonini yigirma ettitadan ellik toʻrttaga oshirdi. 109-moddaning birinchi bandiga tuzatish aʼzo-davlatlarning Bosh Konferentsiya Nizomni qayta koʻrib chiqish maqsadida oʻtkazadigan Bosh Konferentsiya vaqti va joyi Bosh Assambleya aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan va Xavfsizlik Kengashi aʼzolarining har qanday toʻqqiz (ilgari – etti) ovozi bilan belgilanishini koʻzda tutgan. Nizomni qayta koʻrib chiqish imkoniyatlarini koʻzda tutgan 109-moddaning 30bandi Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan Bosh Assambleyaning 1955-yildagi navbatdagi oʻninchi sessiyasida koʻrib chiqilgan va uning dastlabki shaklida: „Xavfsizlik Kengashining ettita har qanday aʼzosi ovozi bilan“ qoldirilgan edi.

Nizom matni Kirish Biz birlashgan millatlar xalqlari, kelajak avlodlarni hayotimizda ikki marta insoniyatga ifodalab boʻlmaydigan gʻam-gʻussa keltirgan urush kulfatlaridan xalos etishga va insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqligiga va katta-kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchni qayta qaror toptirishga va shartnomalar va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga hurmat bilan qarash va adolatga rioya qilish mumkin boʻlgan shart-sharoitni vujudga keltirishga va ijtimoiy taraqqiyot va keng ozodlik sharoitida turmushni yaxshilashga yordam berishga va shu maqsadda sabr-toqat namoyon etib, yaxshi qoʻshnilar kabi birgalikda, oʻzaro totuvlikda yashashga va xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun kuchlarimizni birlashtirishga va tegishli prinsip va uslublarni qabul qilish bilan qurolli kuchlarning umumiy manfaatlardan boʻlak maqsadlar uchun ishlatilmasligini taʼminlashga va xalqaro apparatdan barcha xalqlarning iqtisodiy va ijtomoiy taraqqiyotiga yordam berish uchun foydalanishga qatʼiy ahd qilib, oʻz kuch-gʻayratimizni shu maqsadlarga sarflashga qaror qildik. Shunga binoan, bizning tegishli hukumatlarimiz San-Fransisko shahrida toʻplangan, oʻzlarining haqiqiy deb topilgan vakolarnomalarini taqdim etgan vakillari orqali Birlashgan Millatlar Tashkilotining uchbu Nizomini qabul qilishga rozilik berdilar va shu asosda „Birlashgan Millatlar“ deb nomlangan xalqaro tashkilot taʼsis etdilar.

1-bob 1-modda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻzlagan Maqsadlar: Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va shu maqsadda tinchlikka tahdidning oldini olish va uni bartaraf etish va tajovuz harakatlari yoki tinchlikka raxna soluvchi boshqa harakatlarni bostirish uchun birgalikda samarali choralar koʻrish hamda adolat va xalqaro huquq printsiplariga asoslangan holda tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga olib keluvchi xalqaro nizo yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish; Xalqlarning teng huquqligi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi printsipini hurmat qilish asosida millatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirish hamda yalpi tinchlikni mustahkamlash uchun boshqa tegishli choralarni koʻrish; Iqtisodiy, ijtomoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda hamda inson huquqlariga va barchaning irqi, jinsi, tili va dinidan qatʼi nazar asosiy erkinliklariga hurmatni ragʻbatlantirish va rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; va Shu umumiy maqsadlaga erishishda millatlar harakatlarini movofiqlashtirish markazi boʻlish.

2-modda

1-moddada koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun Tashkilot va uning Aʼzolari quyidagi printsiplar asosida ish yiritadilar:

1. Tashkilot oʻzining barcha Aʼzolarining suveren tengligi printsipiga asoslanadi;

2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha Aʼzolari hammalarini Tashkilot Aʼzolari tarkibiga mansublikdan kelib chiqadigan barcha huquq va imtiyozlar bilan taʼminlash uchun ushbu Nizom boʻyicha zimmalariga olgan majburiyatlarini vijdonan bajaradilar;

3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha Aʼzolari xakqaro tinchlik, xavfsizlik va adolatni tahdid ostiga qoʻymaslik uchun oʻzalrining xalqaro nizolarini tinchlik vositalari bilan hal qiladilar;

4. Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha Aʼzolari oʻzlarining xalqaro munosabatlarida har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki uni ishlatishdan, shuningdek, Birlashgan Millatlar Maqsadlariga toʻgʻri kelmaydigan boshqa biron-bir tarzdagi harakatlardan oʻzlarinin tiyadilar;

5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining barch Aʼzolari unga ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirayotgan barcha harakatlarida har tomonlama yordam beradilar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qaysi davlatga qarshi ogohlantiruvchi yoki majburlovchi xarakterdagi harakatlar amalga oshirilayotgan boʻlsa, bunday davlatga yordam koʻrsatishdan oʻzlarini tiyadilar;

6. Tashkilot oʻziga Aʼzo boʻlmagan davlatlarning shu printsiplar asosida harakat qilishlarinin taʼminlaydi, zero bu xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlishi mumkin;

7. Ushbu Nizom Birlashgan Millatlar tashkilotiga har qanday davlatning aslida ichki vakolatiga kiradigan ishlariga aralashish uchun aslo huquq bermaydi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aʼzolaridan bunday ishlarni ushbu Nizom doirasida hal etishga kiritishni talab etmaydi; ammo ushbu printsip VII bobga asoslanib, majburiy choralar qoʻllanishiga daxldor emas.

2-bob 3-modda

Xalqaro Tashkilot tuzish yuzasidan San-Frantsiskoda boʻlgan Konferentsiyada qatnashib yoki ilgariroq Birlashgan Millatlarning 1942-yil 1-yanvardagi Deklaratsiyasini imzolab, 110-moddaga muvofiq ushbu Nizomni imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki Aʼzolari hisoblanadi.

4-modda

1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan va, Tashkilotning firicha, shu majburiyatlarni oladigan va bajarishni istaydigan barcha tinchliksevar davlatlar Tashkilotga Aʼzo boʻla oladilar.

2. Har qanday davlatni Tashkilot Aʼzoligiga qabul qilish Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq Bosh Assambleya qarori bilan amalga oshiriladi.

5-modda

Agar Xavfsizlik Kengashi Tashkilotning biron-bir Aʼzosiga qarshi ogohlantiruvchi yoki majburlovchi xarakterdagi choralarni koʻrgan boʻlsa, Bosh Assambleya Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq, uning Tashkilot Aʼzosi sifatidagi tegishli huquq va imtiyozlaridan foydalanishini Xavfsizlik Kengashi qayta tiklashi mumkin.

6-modda

Tashkilotning ushbu Nizomda koʻrsatilgan printsiplarni muttasil ravishda buzib kelgan Aʼzosi Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga binoan Bosh Assambleya Tashkilotidan chiqarilishi mumkin.

3-bob 7-modda

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlari sifatida Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi, Xalqaro Sud va Kotibiyat taʼsis etiladi.

2. Zarur boʻlib qolganda ushbu Nuzomga muvofiq yordamchi organlar taʼsis etilishi mumkin.

8-modda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining asosiy va yordamchi organlarida erkak bilan xotin-qizlarning istagan vazifada va teng sharoitlarda qatnashish huquqini hech ham cheklamaydi.

IV BOB. BOSH ASSAMBLEYA Tarkibi

9-modda

1. Bosh Assambleya Tashkilot Aʼzolaridan iborat.

2. Tashkilotning har bir Aʼzosi Bosh Assambleyada beshtadan ortiq boʻlmagan vakillariga ega boʻladi.

Vazifa va vakolatlari

10-modda

Bosh Assambleya ushbu Nizom doirasida yoki Nizomda koʻzda tutilgan har qanday organning vakolatlari hamda vazifalariga taaluqli har qanday masala yoki ishni muhokama kilishga va 12-moddada koʻrsatilgan istisnolardan tashqari, shu yoʻnalishdagi har qanday masala yoki ish yuzasidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aʼzolariga yoki Xavfsizlik Kengashiga yoki Tashkilot Aʼzolariga ham, Xavfsizlik kengashiga ham tavsiyalar berishga vakil qilinadi.

11-modda

1. Bosh Assambleya xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash ishida hamkorlikning umumiy printsiplarinin, shu jumladan, qurolsizlanish va qurol-arogʻni tartibga solishni belgilab beruvchi printsiplarni koʻrib chiqishga va shu qoidalar yuzasidan Tashkilot Aʼzolariga yoki Xavfsizlik Kengashiga yoki Tashkilot Aʼzolariga ham, Xavfsizlik Kengashiga ham tavsiyalar berishga vakil qilinadi.

2. Bosh Assambleya xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yuzasidan oʻz oldiga Tashkilotning har qanday Aʼzosi yoki Xavfsizlik Kengashi tomonidan yoki Tashkilotga Aʼzo boʻlmagandavlat tomonidan koʻyilgan har qanday masalarni 35-moddaning 2-bandiga muvofiq muhokama qilishga va 12-moddada koʻrsatilgan istisnolardan tashqari, shunday yoʻnalishdagihar qanday masala yuzasidan manfaatdor davlat yoki davlatlarga yoki Xavfsizlik Kengashiga tavsiyalar berishga vakil qilinadi. Bosh Assambleya chora koʻrish zarur boʻlganbuday har qanaqa masalani muhokamagacha yoki muhokamadan soʻng Xavfsizlik Kengashiga oshiradi.

3. Bosh Assambleya Xavfsizlik Kengashining eʼtiborinin xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid qilishi mumkin boʻlgan vaziyatlarga jalb eta oladi.

4. Bosh Assambleyaning ushbu moddada bayon qilingan vakolatlari 10-moddaning umumiy maʼnosini cheklab qoʻymasligi lozim.

12-modda

1. Xavfsizlik Kengashi biron nizo yoki vaziyat boʻyicha ushbu Nizomda oʻziga yuklangan vazifalarni bajarayotganida, agar Xavfsizlik kengashining oʻzi soʻramasa, Bosh Assambleya shu nizo yoki vaziyatga taaluqli hech qanday tavsiya bera olmaydi.

2. Bosh Kotib Xavfsizlik Kengashining roziligi bilan Bosh Assambleyani uning har bir sessiyasida Xavfsizlik Kengashi muhokama qilayotgan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash taaluqli barcha masalalar yuzasidan xabardor qiladi, xuddi shu tariqa Xavfsizlik kengashi bunday masalalarni muhokama qilishni toʻxtatgan zahoti darhol Bosh Assambleyani, agar Bosh Assambleya majlis oʻtkazlayotgan boʻlsa, Tashkilot Aʼzolarini xabardor qiladi.

13-modda

1. Bosh Assambleya: a) Siyosiy sohadagi xalqaro hamkorlikka koʻmaklashish va xalqaro huquqning tobora taraqqiy etishi va uning kodifikatsiya qilinishinin ragʻbatlantirish;

b) Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash sohalaridagi xalqaro hamkorlikka koʻmaklashish, inson huquqlarini va barchaning asosiy erkinliklarini irqi, jinsi, tili va dinini ajratmagan holda amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida tadqiqotlar uyushtiradi va tavsiyalar beradi.

2. Bosh Assambleyaning yuqorida, 1 b bandda eslatilganmasalarga taaluqli boshqa majburiyatlari vazifalari va vakolatlari IX va X boblarda bayon qilingan.

14-modda