Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) — bu butunjahon internet tarmog‘ida rasmiy internet portal bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va biznes uchun elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini taqdim etadi. Portal davlat idoralari bilan o‘zaro hamkorlikni soddalashtirish va keng ko‘lamli davlat xizmatlariga yagona raqamli interfeys orqali tez va qulay kirishni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan (my3.gov.uz).
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish uchun foydalanuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) Yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Buni quyidagi havola orqali amalga oshirish mumkin:
(OneID)
YIDXP tarixi thumb|356x356px|YIDXP 1-talqini asosiy oynasi ko‘rinishi 2013
2013-yil 1-iyul kuni Internet tarmog‘ida my.gov.uz veb-manzilida YIDXP 1-talqini test rejimida ishga tushdi.
YIDXP O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
YIDXP 1-talqida kundalik turmushga taalluqli soha va yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi 40 ga yaqin interaktiv xizmatlar taqdim etildi. Ularning ayrimlari quyidagilar:
Vazirlik va idoralarga murojaat yo‘llash; Vazirlik va idoralar rahbari qabuliga yozilish; Vazirlik va idoralarning bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha murojaat qilish; Yuridik va jismoniy shaxslar uchun Internet va statsionar telefon ulash uchun ariza berish; Davlat soliq xizmatlari organlari tomonidan soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun ariza berish; Telekommunikatsiya sohasiga tegishli litsenziyalarni olish bo‘yicha ariza berish.
2014
YIDXP faoliyatining birinchi yilida (2014 yil) katta hajmda ishlar amalga oshirildi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati idoralari, jumladan, tuman va shahar hokimliklaridan iborat 500 dan ortiq tashkilot portal tizimiga integratsiya qilindi.
Bu davr mobaynida 200 ga yaqin elektron davlat xizmati ishga tushirildi, bu esa o‘z navbatida fuqarolar va tashkilotlar uchun elektron davlat xizmatlaridan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratdi.
2017
2017-yil 18-iyul sanasida YIDXP ning yangi 2-talqini my2.gov.uz veb-manzilida ishga tushdi hamda bugungi kunga qadar faol foydalanib kelinmoqda. YIDXP 2-talqini jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilingan hamda Portalga kirish foydalanuvchilar yagona identifikatsiyasi qilish tizimi (OneID) orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, YIDXP 2-talqinida fuqarolar (jismoniy shaxslar) va tadbirkorlar (yuridik shaxslar) shaxsiy kabinetlari ajratilgan va shu bilan birga elektron davlat xizmatlari uchun onlayn to‘lov imkoniyati yaratildi.
Yagona portalning 2-talqinida portal foydalanuvchilari hisoblangan ish haqi va pensiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda olishlari, to‘lanmagan soliqlar, kommunal xizmatlar, ijro hujjatlari va yo‘l harakatiga oid jarimalarini tekshirishlari mumkin.
2020
2020 yil iyulida, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi doirasida yangi mexanizmlar joriy etildi.
Bu yangiliklar qishloq joylarida yashayotgan aholi uchun davlat xizmatlarini yana-da sifatli va oson olish imkoniyatini yaratdi.
2023
2023-yil 24-oktabr kuni ICT Summit 2023 tadbirlari doirasida YIDXP ning yangi 3-talqini my3.gov.uz veb-manzilida taqdim etildi. YIDXP 3-talqini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirilgan dizaynga ega bo‘lib, MyID yuzni tanish orqali identifikatsiyadan o‘tish, “Muxlisa” ovozli yordamchisi, elektron xizmatlarni baholash kabi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi.
Huquqiy tartibga solinishi O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasiga muvofiq elektron davlat xizmatlari ariza beruvchilarga davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali hamda davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi bo‘lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori bilan tasdiqlangan YIDXP to‘g‘risidagi nizomga asosan YIDXP axborot, uslubiy, texnik kuzatuvi va ma’murchiligi “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJ tomonidan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 409-sonli qaroriga asosan elektron hukumat infratuzilmasini yanada rivojlantirishni ta’minlash, shu jumladan YIDXP, davlat xizmatlari va boshqa elektron hukumat axborot tizimlari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat boji va yig‘imlar miqdorini hisobga olishning yagona billing tizimini rivojlantirish “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining funksiyalaridan biri sifatida belgilangan.
Foydalanuvchilar YIDXPdagi elektron davlat xizmatlaridan jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkor) va yuridik shaxslar foydalanadilar. Ayrim davlat xizmatlaridan faqat ma’lum bir talablarni bajargan talabgorlar foydalanishlari mumkin.
2025-yil 1-fevral holatiga YIDXP foydalanuvchilar soni 10 milliondan oshdi. Foydalanuvchilarning 53,45 foizini erkaklar, 46,55 foizini ayollar tashkil etmoqda. +Foydalanuvchilarning yosh bo‘yicha taqsimlanishiFoydalanuvchi yoshiUmumiy miqdordagi ulushi18 yoshgacha1,76 foiz19-24 yosh oralig‘ida17,47 foiz25-34 yosh oralig‘ida31,02 foiz35-44 yosh oralig‘ida24,87 foiz45-54 yosh oralig‘ida13,40 foiz55 va undan yuqori11,48 foiz
Elektron davlat xizmatlari Elektron davlat xizmati – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmatidir.
YIDXP orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari va servislar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan huquqiy hujjat yoki Raqamli texnologiyalar vazirligi va Vakolatli tashkilot tomonidan tasdiqlangan kelishuvda ko‘rsatilgan tartib (reglament) asosida ko‘rsatiladi.
Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ariza yuboruvchi to‘g‘risidagi maʼlumotlar (mulkka egalik huquqi, shaxsiy maʼlumotlar va boshqa zarur maʼlumotlar) davlat organlarining axborot tizimlaridan avtomatik ravishda olinadi. Bu maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlik asosida yunikal identifikatorlar orqali integratsiya qilinadi. +2017-2024 yillarda YIDXP orqali ko‘rsatilgan xizmatlar va yuborilgan arizalar ko‘rsatkichlariYillar20172018201920202021202220232024Xizmatlar soni (ta)49127173218300370570700Arizalar soni (mln)0,51,32,83,19,314,220,032,0 Elektron davlat xizmatlari xizmat ko‘rsatish muddatiga ko‘ra “avtomatik” hamda “yarim avtomatik” xizmatlarga bo‘linadi. “Avtomatik” davlat xizmatidan foydalanilganda xizmat natijasi darhol (avtomatik tarzda) taqdim etiladi, “Yarim avtomatik” davlat xizmatlarida esa xizmat ko‘rsatish muddati reglamentga muvofiq bir necha ish kunini tashkil etadi.
2025-yil 1-fevral holatiga ko‘ra YIDXPda 720ta elektron davlat xizmati joriy etilgan bo‘lib, mazkur xizmatlar 18 ta soha (Fuqarolik, Ta’lim, Oila va bolalar, Yoshlar, Ijtimoiy himoya, UJXK, Soliqlar, Bojxona, Transport, Ko‘chmas mulk, Ma’lumotnomalar va boshqalar) bo‘yicha taqsimlangan.
Jismoniy shaxslar uchun YIDXP orqali joriy etilgan xizmatlardan 366 turdagi elektron davlat xizmatlaridan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin.Shuningdek, 252 turdagi xizmatlar faqat jismoniy shaxslar uchun foydalanishga taqdim etilgan. +Jismoniy shaxslar tomonidan YIDXP orqali foydalaniladigan ommabop xizmatlar (2024-yilda)Xizmat nomiSohaArizalar soniHisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida maʼlumotSoliqlar3 028 569Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olishMaʼlumotnomalar2 545 152O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishSoliqlar1 873 493IMEI raqamni FaceID orqali ro‘yxatdan o‘tkazishAxborot va aloqa1 569 820Soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishSoliqlar1 560 492Doimiy yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishMaʼlumotnomalar1 506 946UzAuto Motors AJ orqali avtomobil sotib olish uchun navbatni tekshirishTransport1 357 007Kam ta‘minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga ariza berishIjtimoiy himoya1 216 396Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma(sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) berishTransport1 142 491Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berishOila va bolalar963 920
Yuridik shaxslar uchun YIDXPda mavjud xizmatlardan 151 turdagisi faqat yuridik shaxslar uchun ko‘rsatiladi. Yuridik shaxslar tomonidan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda ayrim hollarda yuborilayotgan ariza elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlash talab etilishi mumkin. +Yuridik shaxslar tomonidan YIDXP orqali foydalaniladigan ommabop xizmatlar (2024-yilda)Xizmat nomiSohaArizalar soniTashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritishIqtisodiyot, biznes va e-tijorat212 728Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishKo‘chmas mulk82 160Loyiha-smeta hujjatlarini kelishishKo‘chmas mulk71 203Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya olishTransport54 572Yuridik shaxslarning hisobga qo'yilgan ma’lumotlari bilan tanishishIqtisodiyot, biznes va e-tijorat44 251Soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berishSoliqlar40 082Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olishTransport38 200O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositasi orqali olib kirilayotgan yuk haqida ma’lumot olishUJKX22 016Kitobning xalqaro standart raqamini (ISBN) berishLitsenziyalash21 764Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma va kadastr pasportni tekshirishKo‘chmas mulk21 606
MyGov mobil ilovasi thumb|326x326px|MyGov mobil ilovasi YIDXP orqali ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini aholi uchun yanada qulay formatda taqdim etish uchun MyGov mobil ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur ilova orqali 2025-yil 1-fevral holatiga 527 ta xizmat taqdim etilmoqda.
MyGov mobil ilovasidan foydalanishning afzalliklari:
MyID yuzni tanish yordamida identifikatsiyadan o‘tish; MobileID identifikatsiya usulidan foydalanib tizimga kirish; YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilgan arizalarni kuzatish yoki natijasini elektron hujjat shaklida olish; Pullik elektron davlat xizmatlari uchun to‘lov qilish; YIDXP ga kirilgan qurilmalardagi sessiyalarni boshqarish.
MyGov mobil ilovasi orqali istalgan vaqtda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.
MyGov mobil ilovasini quyidagi havolalar orqali smartfon qurilmasiga bepul yuklab olib, o‘rnatish hamda elektron xizmatlardan foydalanishni boshlash mumkin: App Store hamda Google Play.
YIDXP modullari Elektron davlat xizmatlari jismoniy va yuridik shaxslarga dxa.gov.uz moduli orqali; pochta bo‘limlarida postal.gov.uz sayti orqali hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida esa council.gov.uz modullaridan foydalangan holda ko‘rsatib kelinmoqda.
Pullik xizmatlarga 10 foiz chegirma